Fayzulla Beysenuli Ordabaev (1966-yil 10-noyabr) — qozogʻistonlik futbolchi, futbol murabbiyi, hujumchi va yarim himoya pozitsiyalarida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati Fayzulla oʻzbek futboli tarniyalanuvchisi hisoblanadi. Faoliyatini 1983-yil Toshkentning „Sohibkor“ jamoasi tarkibida boshlagan. 1988-yil Andijonning „Paxtakor“ (hozirda Andijon deb nomlanadi) jamoasi safida oʻtdi. 1989-yil Toshkent Traktor zavodining „Traktor“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 1990-yilgi mavsumda SSSR Birinchi ligasida toʻp suruvchi „Paxtakor“ jamoasi tarkibiga oʻtdi. Fayzulla Paxtakor jamoasi safida SSSR musoboqalarida 3 ta oʻyinda ishtirok etdi. 1990—1991-yilgi mavsumlarda Sverdlovets jamoasi takibida SSSR ikkinchi ligasida toʻp surdi v. 1992-yil SSSR parchalanganidan soʻng Fayzulla Qozogʻiston jamoasiga koʻchib oʻtdi. 1992-yil Qozogʻiston chempionatida Chimkentning „Jiger“ klubi safida boshladi va Qozog‘iston fuqaroligini oldi. Jiger jamoasi safida 4 mavsum davomida toʻp surib, 128 oʻyinda 29 ta gol muallifiga aylandi. Qozogʻiston jamoalarida 10 yildan ziyod vaqt davomida toʻp surib, 2004-yil „Yassi“ jamoasi takibida, 38 yoshida faoliyataini yakunladi. 2001-yilgi mavsumda „Irtish“ jamoasi tarkibida Qozogʻiston kubogi finalida ishtirok etgan.

Milliy terma jamoa Qozog‘iston terma jamoasi tarkibida ikkita o‘yin o‘tkazdi. 1994-yil 11-aprelda u ilk bor Tojikistonga qarshi terma jamoadagi debyut uchrashuvida oʻynadi. 1997-yil 6-iyunda u oxirgi marta JCH-1998 saralashida Iroqqa qarshi oʻyinda maydonga tushdi.

Murabbiylik faoliyati 2004-yilda „Ordabasi“ klubi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan. 2013-yilda „Astana-1964“ klubi bosh murabbiyi boʻldi.

2018-yilda u „Janubiy Akademiya“ jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlangan.

Manbalar

Havolalar

Fayzulla O‘rdabayev „Janubiy akademiyasi“ bosh murabbiyi.

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:SSSR erkak futbolchilari turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Qozogʻistonlik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Sohibkor futbolchilari Turkum:Traktor klubi futbolchilari Turkum:Sverdlovets klubi futbolchilari Turkum:FC Jiger futbolchilari Turkum:Shaxtyor Qaragʻandi klubi futbolchilari Turkum:Tomiris FC futbolchilari Turkum:FC Irtish Pavlodar klubi futbolchilari Turkum:Aktobe futbolchilari Turkum:FC Turkiston futbolchilari