Yuriy Nikolayevich Selix (1979-yil 18-aprel, Lugansk, Metallist) – ukrainalik futbolchi, hujumchi.
Sport karyerasi Yuriy Selix dastlabki taʼlimini Lugansk maktab-internatida olgan. Oʻqishning soʻnggi yilida Selix toʻrt nafar bitiruvchi bilan Severodonetskning Alushta shahridagi „Ximik“ klubiga taklif qilingan, ammo futbolchi va klub oʻrtasida shartnoma imzolanmagan.
Selixning birinchi jamoasi „Zarya“ klubi boʻlgan. Futbolchi bu jamoadagi debyut oʻyinini 17 yoshida Jitomirning „Polesya“ klubiga qarshi safar oʻyinida zaxirada oʻtkazgan. Oʻsha oʻyinda Selixning jamoasi raqib darvozasiga gol urishga muvaffaq boʻladi, shunga qaramay, klub raqibga qarshi kechgan bahsda 1:2 hisobida imkoniyatni qoʻldan boy beradi. Oʻsha paytda „Zarya“ klubini murabbiy Anatoliy Kuksov boshqargan boʻlib, keyin uning oʻrnini murabbiy Aleksandr Shakun egallagan. Lugansk murabbiylari yangi yosh mahalliy futbolchilarga ishonch bildirishadi va ularni oʻyinlarga jalb qilishadi, shuning uchun ham Yuriy Selix klub tarkibida juda koʻp oʻyinlarda ishtirok etadi va koʻplab muvaffaqiyatlarga erishadi. „Zarya“ klubida oʻzini yetarlichi koʻrsata olgan Selix 1999-yilda Kiyevning "Dinamo" jamoasiga taklif qilinadi.
Selix Kiyevga koʻchib oʻtganidan soʻng, „Dinamo-2“ jamoasi safida oʻyin olib boradi. 1999-yil 30-oktyabrda asosiy jamoa tarkibida „Dnepr“ jamoasiga qarshi kechgan oʻyinning 17-daqiqasida maydonga tushiriladi (4:0). Keyinchalik, 2000-yildan 2005-yilgacha futbolchi Ukraina chempionatining birinchi, ikkinchi va uchinchi ligalarida turli jamoalar safida oʻyinga tushadi.
2005-yilda FK „Xarkov“ Selix bilan shartnoma imzolaydi. Bu jamoada Selix umumiy hisobda 30 ta oʻyin oʻtkazadi. Keyinchalik Yuriy Selix FK „Xarkov“dan soʻng „Zakarpatye“ jamoasiga oʻtkaziladi .
2007-yilda Aleksandr Kosevich bilan yaxshi tanish boʻlgan sobiq jamoadoshi Yuriyning Luganskning „Zarya“ klubiga qaytishiga sababchi boʻladi. „Zarya“ klubi tarkibida Yuriy Ukraina oliy ligasidagi oʻyinlari sonini 117 taga yetkazadi.
Keyinchalik futbolchi „Vitebsk“ , „Aleksandriya“, Namanganning "Navbahor", „Zakarpatye“, Andijonning "Andijon", „Nikolayev“, „Bukovina“, Sverdlovskning „Miner“ jamoalari safida ham toʻp suradi.
2013-yil oktyabr oyida Donbass chempionatida „Zarya“ klubi favoritlardan biriga aylanadi. Keyinchalik, Ukraina sharqida sodir boʻlgan mojarolar paytida Selix Ukraina tomonidan nazorat qilinmaydigan hududda qoladi va shu sababli futbolchi davlat tomonidan rasman tan olinmaydigan chempionatlarda oʻynashga majbur boʻladi.
2015-yilga kelib futbolchi LNR terma jamoasi (Lugansk Xalq Respublikasining milliy futbol jamoasi) da oʻyinlarini davom ettiradiKak v Luganske sbornaya terroristov „LNR“ pobedila „DNR“.
Manbalar
Havolalar
Turkum:1979-yilda tugʻilganlar Turkum:18-aprelda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Ukrainalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:FC Zorya Lugansk futbolchilari Turkum:Dinamo Kiyev futbolchilari Turkum:FC Dinamo-3 Kiyev futbolchilari Turkum:FC Vorskla Poltava futbolchilari Turkum:FC Vorskla-2 Poltava futbolchilari Turkum:FC Hoverla Uzhhorod futbolchilari Turkum:FC Zakarpattiya-2 Ujgorod futbolchilari Turkum:FC CSKA Kiyev futbolchilari Turkum:FC Obolon Kiyev futbolchilari Turkum:FC Obolon-2 Bucha futbolchilari Turkum:FC Dinamo-2 Kiyev futbolchilari Turkum:FC Metalurg Zaporojye futbolchilari Turkum:FC Metalist Kharkiv futbolchilari Turkum:FC Xarkov futbolchilari Turkum:FC Vitebsk futbolchilari Turkum:FC Oleksandriya futbolchilari Turkum:MFC Mykolaiv futbolchilari Turkum:Andijon klubi futbolchilari Turkum:Navbahor futbolchilari Turkum:FSC Bukovyna Chernivtsi futbolchilari Turkum:PFC Shaxtyor Sverdlovsk futbolchilari Turkum:Ukraina Premyer-ligasi futbolchilari Turkum:Ukrainalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Belarusdagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi ukrainalik muhojir sportchilar