Muhammadjon Rustamov (Domulla Hindustoniy nomi bilan mashhur (1892-1989)Rudov G. A. Islam v Tsentralnoy Azii: masshtabi i perspektivi vliyaniya // Nauchno-analiticheskiy jurnal Obozrevatel – Observer. – 2014. – № 6 (293). – S. 63 Fargʻona vodiysi va Tojikistondagi eng yirik hanafiy dinshunosi.
Tarjimayi holi Bolaligi va taʼlim
Hindustoniy Chorbogʻ qishlogʻida (Qoʻqondan uncha uzoq boʻlmagan) mintaqada taniqli din arbobi oilasida tugʻilgan . U Qoʻqon va Buxoroda oʻqigan, uzoq muddatli Kashmir madrasalaridan birida (shuning uchun uning nisbasi Hindustoniy) taʼlim olgan, u yerda urdu va hind tillarini puxta egallagan. 1928-yilda Hindustoniy Hajga boradi va bir yildan soʻng uyiga qaytib keladi.
Surgunlik
1932-yili „sinfiy dushman“ sifatida bir yilga ozodlikdan mahrum qilinadi. Muhammadjon domla 1933-yili qamoqdan qaytgach, fitnalardan yiroq boʻlish uchun tez-tez yashash joyini oʻzgartirib turishga majbur boʻlgan. Domla Toshkent viloyatining Ohangaron tumaniga qarashli Abligʻ qishlogʻiga, Toshkent shahar tasarrufidagi „Oq yoʻl“ kolxoziga koʻchadi. Domla ilm-u salohiyati ortidan yana tuzoqqa tushadi. Unga bu safar „xorijiy davlatlarda oʻqigan“ degan ayb qoʻyiladi va uch yilga ozodlikdan mahrum qilinadi. Bu safar u Rossiyaning Sverdlovsk viloyatidagi mahbuslar lagerida qaragʻay kesishga mahkum qilinadi. 1933-yildan 1953-yilgacha uch marta hibsga olingan; jami sakkiz yarim yilni Rossiyaning turli mintaqalarida surgunda oʻtkazgan. 1943-yilda Domulla Hindustoniy armiya safiga chaqirilib, Minsk yaqinida yaralanib (1944-yil oxiri) armiyadan boʻshatilgan.
Domla Hindustoniy 1949-yilda „mavjud siyosiy tuzumga qarshi“ degan ayb bilan yigirma besh yilga ozodlikdan mahrum etilgan. Bu safar uni Qozogʻistondagi mehnat lagerlaridan biriga joʻnatishadi. Biroq bu safar u Moskvaga tinimsiz arizalar yozadi va natijada domlaning barcha ilmiy, ijodiy faoliyati taftish etilib, toʻrt yilu uch oy deganda ozodlikka chiqariladi.
Ilmiy faoliyati
Hind tilidan dars berishdan tashqari, u kishi adabiy ijod bilan ham shugʻullanib, diniy asarlar va tasavvufiy sheʼrlarga risola hamda sharhlar yozgan. Hindustoniyning eng yirik asari 1984-yilda tugallangan hamda oʻzbek tilida yozilgan olti jildlik Qur’on tafsiridir. Muallifning soʻzlariga koʻra, kitob yosh dinshunos talabalar va Muqaddas Kitobni tushunishda qiynalayotgan oddiy musulmonlar uchun moʻljallangan. Hindustoniyning boshqa diniy yozuvlari, mashhur risola va adabiy asarlarning oʻzbek va tojik tillaridagi izohli tarjimalari saqlanib qolgan. Uning koʻrsatmalari, talabalar bilan suhbatlari, bahs-munozaralari aks etgan audio va video yozuvlar ham mavjud.
Imomlik
Domla Hindistoniy 1950-yillarning oʻrtalaridan boshlab to umrining oxirigacha Dushanbe shahridagi Mavlano Charxiy masjidida imomlik qiladi.
Vafoti
Domla Hindistoniy 1989-yil 97 yoshida olamdan oʻtgan. Oʻz istagiga koʻra, Mavlono Yaʼqubi Charxiy qabristoniga dafn etilgan.
Manbalar
Turkum:Tojikistonda Islom Turkum:Imomlar