Shokirxon Mirzaboboyeva (1938-yil, Fargʻona, Fargʻona viloyati — ?) — ip yigiruvchi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1981). Tarjimayi holi Shokirxon Mirzaboboyeva 1938-yili Oʻzbekiston SSR Fargʻona viloyati Fargʻona shahrida tavallud topgan. Millati oʻzbek. Oʻrta maktabni hamda fabrika-zavod tayyorlov maktabini tugatgan keyin 1950-yil oʻrtalarida Feliks Dzerjinskiy nomidagi Fargʻona toʻqimachilik kombinatida ish boshlaydi. Qisqa vaqt ichida ip yigiruvchi koʻnikmasini egallaydi. Oʻz faoliyatida yengil sanoatda ip yigirishning ilg‘or usullari qo‘lladi, buning natijasida ishlab chiqarish topshiriqlarini muddatidan oldin bajarishga erishdi. Qilgan mehnati uchun 8-besh yillikda (1966—1970) Mirzaboboyeva 1971-yili Mehnat qizil bayrogʻi ordeni, 9-besh yillikdagi (1971—1975) yutuqlari uchun 1974-yilda Oktyabr inqilobi ordeni bilan taqdirlanadi. Keyingi 10-besh yillikda (1976—1980) Oʻzbekiston SSR yengil sanoatida ip yigirish boʻyicha yetakchilikni saqlab qolib, ishlarining natijasiga koʻra sotsialistik musoqbaqada gʻoliblikka erishadi. 1981-yil 17-martda SSSR Oliy Soveti Prezidiumi farmoniga asosan Mirzaboboyeva „Sotsialistik Mehnat Qahramoni“ unvoni hamda Lenin ordeni va „Oʻroq va bolgʻa“ oltin medali bilan taqdirlanadi. KPSSning 25-syezdida delegat etib saylangan. Fargʻona shahrida istiqomat qilgan. Keyingi taqdiri nomaʼlum.
Mukofotlari Lenin ordeni (1981-yil 17-mart); Mehnat qizil bayrogʻi ordeni (1971-yil 5-aprel); Oktyabr inqilobi ordeni (1974-yil 20-fevral). Manbalar
Turkum:Fargʻonada tugʻilganlar