Ibrohim ibn Ahmad Samarqandiy (arabcha: ابراهيم بن احمد سمرقندي — Ibrohim ibn Ahmad Samarqandiy — Toʻliq ismi: Abu Ishoq Ibrohim ibn Ahmad ibn Abdulloh ibn Hasan ibn Solih Xatib Samarqandiy Vazoriy (vafoti 1110-yil)) — Muhaddis, roviy va xatib.

Hayoti Ibrohim ibn Ahmad Samarqandiy „Vazor“ qishlog‘ining xatibi boʻlib, 480-487/1087-1094-yillar orasida tugʻilgan. Hofiz Abu Hafs Umar ibn Mansur ibn Habib va boshqa ulamolardan hadis rivoyat qilgan. Undan esa boshqalar rivoyat qilganlar. Umar Nasafiy alloma haqida bunday deydi: "U mening qo‘shnim edi. Mening imlo majlislarimga kelib turar edi. 503/1110-yil Samarqandda „Baroat“ kechasi vafot etdi. Sankdiza qabristoniga dafn etildi". O‘g‘li Abu Ishoq Ibrohim ibn Abdulloh Xatib Vazoriy ham solih shayx va xulqi chiroyli kishi bo‘lgan.Oʻrta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. — Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. — B. 559.

Manbalar

Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Islom:Shaxslar