Gʻaniyev Akrom Toʻlqinovich (1981-yil Andijon viloyatida tavallud topgan) – „Nil-granit“ masʼuliyati cheklangan jamiyati ishlab chiqarish boʻyicha direktor oʻrinbosari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi.
Biografiya Akrom Gʻaniyev 1981-yil 1-martda Andijon viloyatida tavallud topgan.
2017-yil Akrom Gʻaniyev Shuhrat medali bilan taqdirlandi.
2020-yil 6-17-yanvar kunlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarini saylash boʻyicha qoʻshma majlislar boʻlib oʻtdi. Ovoz berish natijalariga koʻra, Akrom Gʻaniyev Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzoligiga saylandi.
2021-yil 20-avgustda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoyishi bilan Gʻaniyev Akrom Toʻlqinovich „Eng koʻp ish joylari yaratgan tadbirkor“ sifatida eʼtirof etildi.
Manbalar
Havolalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Gʻaniyev Akrom Toʻlqinovich
Turkum:Oʻzbekiston senatorlari