Muhammad ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Sulaymon ibn Komil al-Buxoriy (949-yil — 1022-yil) — „Gʻunjor“ nomi bilan mashhur boʻlgan muhaddis, hofiz, muarrix va faqih. U 949-yil tugʻilib, 1022-yilda vafot etgan. Shayxlik qilgan. Marvga borgan va u yerdagi shayxlardan hadis yozib olgan. U ulamolardan, ulamolar esa undan hadis rivoyat qilgan. Asarlari „Tarixu Buxoro“ („Buxoro tarixi“) „Musannaf fi fazoili-s-sahobati-l-arbaʼati“ („Chahoryorlarning fazilatlari haqida tasnif etilgan kitob“).
Manbalar
Turkum:949-yilda tugʻilganlar Turkum:1022-yilda vafot etganlar