Jazda faqat qizlar () 1959-yilda ekranlarga chiqarilgan AQSh kinokomediyasidir. Mirisch Company studiyasi tomonidan ishlangan va United Artists tomonidan tarqatilgan. Film rejissyori, prodyuseri va ssenariy muallifi — Billy Wilder. Filmda bosh rollarni Marilyn Monroe, Tony Curtis va Jack Lemmon ijro etgan.
Filmning ilk relizi 1959-yil 29-martda boʻlib oʻtgan. Film $2,9 millionlik byudjeti bilan umumjahon boʻylab $49 million mablagʻ toʻplagan.
thumb|Marilyn Monroe (film treyleridan sahna).
Syujeti 1929-yil, Chikago. Bosqinchilar tortishuviga guvoh boʻlgan saksofonist Joe va uning doʻsti — kontrabasist Jerry taʼqibchilardan yashirinishga urinib, ayollar ansambliga qoʻshiladi va tashqi koʻrinishlarini ansambldagi ayollar tashqi koʻrinishlariga oʻxshatishga harakat qiladi. Biroq tez orada ulardan biri oʻz hamkasbiga oshiq boʻladi, ikkinchisi esa keksa millionerning muhabbatiga sazovor boʻladi.
Rollarda Aktyor Rol Marilyn Monroe Sugar „Kane“ Kowalczyk Tony Curtis Joe / „Josephine“ / „Shell Oil Junior“ Jack Lemmon Jerry / „Daphne“ George Raft „Spats“ Colombo Pat O'Brien detektiv Mulligan Joe E. Brown Osgood Fielding III Nehemiah Persoff „Little Bonaparte“ Joan Shawlee Sweet Sue Billy Gray Sig Poliakoff George E. Stone „Toothpick“ Charlie Dave Barry Beinstock Mike Mazurki Spatsning soqchisi Harry Wilson Spatsning soqchisi Grace Lee Whitney Rosella Beverly Wills Dolores Barbara Drew Nellie Edward G. Robinson, Jr. Johnny Paradise
Musiqasi
Film saundtrekida kiritilgan qoʻshiqlarning toʻrttasini Marilyn Monroe ijro etgan.
Manbalar
Oʻqish uchun Curtis, Tony. The Making of Some Like It Hot, Wiley & Sons, Hoboken NJ, 2009. . Maslon, Laurence. Some Like It Hot: The Official 50th Anniversary Companion, New York, HarperCollins, 2009. .
Havolalar
Some Like It Hot (1959) Virtual History saytida
Turkum:1959-yil filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:Jinoyat haqida filmlar Turkum:LGBT mavzuli filmlar Turkum:Billy Wilder filmlari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar