Finlandiya banki (, ) Finlandiyaning markaziy banki va Yevropa Markaziy banklar tizimining aʼzosi. U oʻzini Shvetsiya Riksbanki, Angliya banki va Fransiya bankidan keyin dunyodagi eng qadimgi toʻrtinchi markaziy banki sifatida koʻradi. 1999-yilgacha Finlandiya banki mamlakatning sobiq valyutasi marka () uchun javobgar edi. Finlandiya 1999-yil 1-yanvardan oʻz valyutasi sifatida yevroni qabul qildi, marka tangalari va banknotlari 2001-yil 31-dekabrgacha (yevro nominallari sifatida) foydalanishda davom etdi. Bundan tashqari, toʻqqiz marta Olimpiya oʻyinlari chempioni Paavo Nurmi sharafiga 10 marka nominalli banknot nomlandi.

Tarixi thumb| Finlandiya banki Turkudan Helsinkiga koʻchib kelganida bank bilan briga koʻchirilgan qattiq quti Finlandiya bankining oʻtmishdoshi Waihetus-, Laina-ja Depositioni-Contori Suomen Suuren-ruhtinaanmaassa (Finlandiya Buyuk Knyazligi ayirboshlash, kredit va depozit idorasi) 1812-yil 1-martda Turku shahrida Rossiya imperatiori Aleksandr I tomonidan tashkil etilgan. 1819-yilda u Helsinkiga koʻchirildi. 1840-yilgacha bankning asosiy maqsadi imperiya rublini joriy etish uchun valyuta islohotini oʻtkazish edi. Bank 1860-yilda inauguratsiya qilinganidan boshlab Finlandiya 1999-yilda yevroni qabul qilgunga qadar Finlandiya markasini emissiya qildi va tartibga soldi.

Mandati, mulkchiligi va tuzilmasi Finlandiya banki mamlakatning markaziy banki boʻlib, Yevropa Markaziy banklari tizimi va Yevrotizimning aʼzosi hisoblanadi. Bank pul-kredit organi sanalib, mamlakatning valyuta taʼminoti va valyuta zaxiralari uchun javobgardir.

Finlandiya banki Finlandiya Respublikasiga tegishli. Fin parlamenti Parlament Kuzatuv kengashi va Bank kengashi orqali boshqaradi. Boshqaruv bankning ijro organi boʻlib, Parlament Kuzatuv kengashi esa bank boshqaruvi va faoliyatini nazorat qilish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vazifalar uchun javobgardir. Bank 1998-yilda qabul qilingan Finlandiya banki toʻgʻrisidagi qonunga koʻra boshqariladi.

Bankning Kuopio, Tampere va Oulu shaharlarida filiallari faoliyat koʻrsatmoqda. Bankda 380 ga yaqin xodim ishlaydi.

Bankning eng yuqori mansabdor shaxsi rais boʻlib, u ham boshqaruvga raislik qiladi. 2018-yil avgust holatiga koʻra, Boshqaruv aʼzolari Olli Ren (rais), (rais oʻrinbosari) va lardan iborat.

BOFIT Finlandiya bankining aql markazi (think tank) boʻlib, u tarixan Finlandiya Rossiyaning iqtisodiy ahvoli haqida batafsil maʼlumotga ega boʻlish majburiyatidan kelib chiqqan. U 1991-yilda tashkil etilgan va oʻz nomini departamentining fincha nomidan kelib chiqqan, yaʼni BOF Finlandiya bankini, IT esa ikki tomonlama [Fin-rus] savdosida tadqiqot maʼnosini bildiradi. Markazning toʻliq nomi yillar davomida oʻzgardi, 2021-yilgacha „Finlandiya bankining oʻtish davri iqtisodiyotlari instituti“ va 2021-yilning noyabridan boshlab „Finlandiya bankining rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti“ deb atalmoqda. 1995-yilda markazga ishga kirgan 2009-yildan beri BOFITga rahbarlik qilib keladi.

Finlandiya banki raislari thumb|300x300px| Finlandiya bankining Helsinkidagi bosh ofisi thumb| Helsinkidagi Finlandiya banki oldida haykaltarosh Emil Vikström tomonidan Yohan Vilgelm Snellman haykali Claes Johan Sacklén 1812-1816 Carl Johan Idman 1817-1820 Otto Herman Lode 1820-1827 Johan Gustaf Winter 1827-1841 Carl Wilhelm Trapp 1841-1853 Axel Ludvig Born 1853-1856 Alex Federley 1853-1854 Robert Trapp 1854-1856 Frans Ivar Edelheim 1856-1858 Wilhelm Blidberg 1858-1861 Carl Isak Björkman 1862-1866 Victor von Haartman 1866-1870 August Florin 1870-1875 Gustaf Samuel von Troil 1875-1884 1884-1897 Theodor Wegelius 1898-1906 1907-1918 Otto Stenroth 1918-1923 August Ramsay 1923-1924 Risto Ryti 1923-1940 Johan Wilhelm Rangell 1943-1944 Risto Ryti 1944-1945 Sakari Tuomioja 1945-1955 Rainer von Fieandt 1955-1957 Klaus Waris 1957-1967 Mauno Koivisto 1968-1982 Ahti Karjalainen 1982-1983 Rolf Kullberg 1983-1992 Sirkka Hämäläinen 1992-1998 Matti Vanhala 1998-2004 Erkki Liikanen 2004-2018 Olli Rehn 2018- Manba:

Parlament Kuzatuv kengashi raislari Antti Lindtman (2019-yildan hozirgacha) Matti Vanhanen (2015-2019) Ben Zyskowicz (2011-2015) Timo Kalli (2008-2011) Seppo Kääriäinen (2007-2008) Mari Kiviniemi (2006-2007) Olavi Ala-Nissilä (2003-2006) Mauri Pekkarinen (2003) Ilkka Kanerva (1995-2003) Sauli Niinistö (1995) Pentti Mäki-Hakola (1991-1995) Erkki Pystynen (1990-1991) Mauri Miettinen (1987-1990) Matti Jaatinen (1979-1987) Harri Holkeri (1971-1979) Juha Rihtniemi (−1971) Veikko Kokkola Juho Niukkanen Erik von Frenckell

Manbalar

Havolalar

Finlandiya banki rasmiy sayti Finlandiya bankining 150 yilligiga bagʻishlangan pochta markasi 1811-1961 Finlandiyaning barcha BIC kodlari va barcha fin banklari uchun IBAN hisoblagichlari

Turkum:Markaziy banklar Turkum:Finlandiya Turkum:Skandinaviya Turkum:Yevropa Ittifoqi iqtisodiyoti Turkum:Yevropa Markaziy banklar tizimi