Jahongir Dunanovich Gʻaniyev — oʻzbek diplomati, biolog. 2018—2023-yillarda Oʻzbekistonning Ispaniyadagi elchisi, 2007—2015-yillarda esa Italiya davlatidagi elchisi.

Biografiyasi

Buxoroda tugʻilgan. 1978-yilda Moskva davlat universiteti biologiya fakultetini, 1988-yilda BMT ekspertlarining maxsus kurslarini tamomlagan. Oʻzbekiston Respublikasining AQSH, Angliya va Avstriyadagi elchixonalarida, Oliy Majlis kotibiyatida ishlagan. 2007-yildan 2015-yilgacha — Oʻzbekistonning Italiyadagi elchisi. 2015—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Ispaniyadagi Muvaqqat ishlar vakili. 2018-yil 9-sentyabrdan 2023-yil 19-noyabrgacha Oʻzbekistonning Ispaniyadagi elchisi boʻlganhttp://uzembassy.it/page/424.

Shaxsiy hayoti

Uch nafar farzandi bor. Gabriel García Márquezning Yolgʻizlikning yuz yili romanini sevib oʻqishini aytgan.

Manbalar

Turkum:Oʻzbekistonning Italiyadagi elchilari Turkum:Oʻzbekistonning Ispaniyadagi elchilari Turkum:Yashayotgan insonlar