Shanxay Grand teatri (simplified Chinese) — Shanxayning Huangpu tumanidagi Xalq maydonining shimoliy qismida joylashgan majmua. Binoda Shanxay opera teatri va boshqa ijrochi kompaniyalar joylashgan.
Fransuz arxitektori Jan-Mari Sharpentier tomonidan Sharqiy Xitoyning Arxitektura loyihalash instituti bilan birgalikda loyihalashtirilgan. 1998-yil 27-avgustda ochilganidan buyon binoda opera, musiqa, balet, simfoniya, xitoy operalarini tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.
Tarixi 1970-yillarning oxiridagi isloxotlar davrida Shanxayga xalqaro ijrochi guruhlar kelishi tobora koʻpaydi, ammo 1990-yillarga qadar spektakllar uchun katta teatr yoʻq edi. 1994-yilda 3000 million yuanlik davlat sarmoyasi bilan SGT qurilishi boshlandi. left|250x250px
Teatr binolari va arxitektura uslubi Teatr binosi 8 qavat boʻlib, yer ostida ham 2 qavat mavjud.Bino umumiy maydoni 62803 m 2 ni tashkil qiladi. Jami investitsiya byudjeti 1,3 milliard yuanni tashkil etadi.
Butun bino uchta asosiy qismga boʻlingan: ular Auditoriya, Buik teatri va Studiya teatri. Binoda yana chiptalarni sotish markazi, balet mashgʻulotlari zali, guruh mashgʻulotlari zali, VIP zali, koʻrgazma zali, yodgorliklar doʻkoni, kofe bar, banket zali va garaj bor.
Muhim tadbirlar
1999-yil Shaoxing opera versiyasining „Qizil palataning orzusi“ birinchi marta Shanxay Katta Teatrida namoyish etildi. 1999-yil Shanxay katta teatri Rossiyaning Shanxay va Sankt-Peterburg shaharlari oʻrtasidagi doʻstlikning 11 yilligini nishonlash maqsadida „Malinskiy musiqa festivali“ni oʻtkazdi. 2000-yil Shanxay Katta teatri va Sidney opera teatri ikki tomonlama sunʼiy yoʻldosh uzatish kontsertini oʻtkazdi. 2001-yil Ispaniya va italiyalik tenor Domingo va Pavarotti tomonidan yakkaxon konsertlar boʻlib oʻtdi. 2002-yil Teatr Osiyoda birinchi marta 21 ta ketma-ket spektakl bilan „Les miserable“ original klassik musiqiy asarini sahnalashtirdi. 2012-yil Teatr „Pekin xalq sanʼati“ tashkil etilganining 60 yilligiga bagʻishlangan bir qator spektakllarni oʻtkazdi. 2016-yil Teatrda „Yorqin Rossiya“ Malinskiy sanʼat festivali boʻlib oʻtdi, unda rus Malinskiy operasi, simfonik, xor va balet truppasi tomonidan 7 ta spektakl taqdim etildi. 2017-yil Teatrda Malinskiy sanʼat festivali boʻlib oʻtdi, unda rus Malinskiy teatrining „Zolushka“ baleti va „Stravinskiy kechasi“ kontserti namoyish etildi. 2018-yil Teatrda „2018 yilgi Jahon teatr faoliyati va rivojlanishi forumi“ boʻlib oʻtdi. 2019-yil „Parij Operasining 350 yilligini nishonlash — Parij Opera Akademiyasi gala-konserti“ boʻlib oʻtadi.
Transport Shanxay Grand teatriga quyidagi avtobus yoʻnalishlari bor: № 17, 20, 23, 37, 46, 48, 49, 71, 108, 109, 112, 123, 505, 506. Metro: „Xalq maydoni“ bekatidagi 1, 2, 8-qator
Manbalar
Havolalar
Rasmiy veb-sayt Turkum:Teatrlar Turkum:Xitoy Turkum:Shanxay