Sophia Christina Amoruso (; 1984-yil 20-aprelda tugʻilgan) — amerikalik ishbilarmon ayol. Amoruso Kaliforniyaning San Diego shahrida tugʻilgan. Kaliforniyaning Sakramento shahriga koʻchib oʻtgan va shu yerda oʻrta maktabni tamomlagan. Soʻngra San-Fransiskoga qaytgan. Amoruso Nasty Gal nomli ayollar moda brendi asoschisidir. Uning kompaniyasi Inc. Magazine tomonidan „eng tez rivojlanayotgan kompaniyalardan biri“ nomini olgan. 2016-yilda Forbes tomonidan 0 dan koʻtarilgan dunyodagi eng boy ayollardan biri deb topildi. Biroq, keyinchalik, Nasty Gal brendi bankrot boʻlgani toʻgʻrisida ariza kelib tushadi. 2017-yilda Amoruso millinnial avlod orasidagi ayollarning shaxsiy va professional hayotida rivojlanishi uchun kontent yaratuvchi Girlboss Media kompaniyasiga asos soldi. Uning 2014-yilgi avtobiografiyasiga asosan Netflix #GIRLBOSS nomi ostida teleserial suratga oladi.
Yoshligi Amoruso 1984-yilda Kaliforniyaning San Diego shahrida tugʻilgan. U bira toʻla 3 millatga — yunon, italyan va portugal millatlariga mansub. U yunon pravoslav cherkovida tarbiyalangan. Oʻsmirlik davrida depressiya va diqqat yetishmasligi va giperaktivlik sindromi (DYeGS) tashxisi qoʻyilgach, maktabni tashlab, ushbu muammolarni yengish uchun uyda taʼlim olishni boshlaydi. Uning oʻsmirlikdagi birinchi ishi Subway restoranida boʻlgan. Keyinchalik, turli xil ishlarda, jumladan, kitob doʻkonida va ovoz yozish studiyasida ishlagan. Oʻrta maktabni tamomlagandan soʻng, ota-onasi ajrashishadi va u Sakramento, Kaliforniyaga koʻchib oʻtadi. Bu hodisa unga koʻproq erkin hayot tarzini tuhfa etadi.
Yoshligida Amoruso koʻchmanchi hayot tarzida yashagan. Gʻarbiy sohilda sayr qilgan, axlat qutisiga shoʻngʻigan, ustiga ustak oʻgʻirlik ham qilgan. 2003-yilda Oregon shtatining Portlend shahrida yashab, doʻkonni oʻmarish paytida qoʻlga olinadi, shundan soʻng, oʻgʻirlik qilishni toʻxtatadi. U chotida churra borligini bilganidan koʻp oʻtmay, Portlendni tark etadi va San-Fransiskoga koʻchib oʻtadi. Jarrohlik uchun tibbiy sugʻurta olish uchun Sanʼat universitetining qabulxonasida talabalik guvohnomalarini tekshiruvchi boʻlib ishlaydi.
Faoliyati
eBay tarmogʻida Amoruso 22 yoshida San-Fransisko sanʼat universitetida xavfsizlik xodimi boʻlib ishlab yurgan davrida eBayda onlayn doʻkon ochadi va uni „Nasty Gal Vintage“ deb nomlaydi. Bu nom fank qoʻshiqchisi va oʻz leybli yulduzi Betti Devisning 1975-yilgi albomi sharafiga atab qoʻyilgan. Doʻkon eskirgan kiyimlar va shunga oʻxshah boshqa narsalarni sotish bilan shugʻullanar edi. U sotgan birinchi buyum o‘smirlik chog‘ida o‘g‘irlagan kitobi boʻlgan. U fotografiya darsida o‘rgatilgan bilimlaridan foydalanib, mahsulotlarni o‘zi shakllantiradi, suratga oladi, ularga sarlavhalar yozadi va yetkazib berish bilan shugʻullanadi.
Amoruso oʻz biznesini yotoqxonadan tashqarida boshlaydi. 2006-yilda uning eBaydagi doʻkoni Nasty Gal Vintage sezilarli darajada oʻsadi. 6 yildan soʻng yiliga 1 million dollar daromad keltiradigan biznesga aylanadi va oʻsishda davom etadi. Amoruso 2008-yilda mijozlarga fikr-mulohazalarda giperhavolalarni joylashtirgani uchun eBaydagi biznesi taqiq olgani haqida daʼvo qilgan. Shundan soʻng, Nasty Gal binesini oʻzining chakana savdo vebsayti sifatida ishga tushirdi hamda mustaqil onlayn-doʻkon sifatida biznesni rivojlantirishda davom etdi. U avvalroq sotuvchilarning xaridorlar uchun salbiy fikr bildirishiga to‘sqinlik qiluvchi qoidalar tufayli o‘z ixtiyori bilan ketganini aytgan edi. Amoruso, shuningdek, takliflarni sunʼiy ravishda oshirganlikda ayblangan, ammo oʻzini buni rad etgan.
Nasty Gal
Nasty Gal ijtimoiy tarmoqlarda yosh ayollar uchun moʻljallangan hamda onlayn kuzatish imkoni mavjud boʻlgan kichik doʻkon hisoblanadi. U 2008-yildagi 223 000 dollardan 2011-yilda deyarli 23 million dollargacha koʻtarilgan daromadi ortidan jadal sur’atlarda oʻsdi. Nasty Gal choʻqqida boʻlgan paytlarida, 200 dan ortiq xodimga ega boʻlgan hamda yillik tushumi 100 millionni tashkil etgan. The New York Times uni „texnologiya Zolushkasi“ deya taʼriflagan. Shuningdek, 2013-yilda Business Insider Sophia Amorusoni biznesdagi eng ehtirosli bosh direktorlardan biri deb atagan.
Girlboss Media Amoruso 2017-yilning dekabr oyida Girlboss Media(#girlboss) kompaniyasiga asos soldi. Ushbu kompaniyaning maqsadli auditoriyasi ayollardan iborat boʻlib, ularga qaratilgan tahririy kontent, videolar va podkastlarni yaratish bilan shugʻullanish hisoblanadi. Tadbirkor 2017-yildan beri yosh tadbirkorlar uchun 500-1400 AQSh dollari miqdorida dam olish kunlari boʻlib oʻtadigan Girlboss Rallies oʻquv tadbirlari oʻtkazib keladi.
Filmografiyasi Televizion va kinodagi rollari Yil Sarlavha Rol Izohlar 2012-yil House of Style Oʻzi 2 ta epizod 2015-yil Project Runway All Stars Oʻzi / Mehmon hakam Epizod: „Some Like It Hod Dog“ 2015-yil Pop Culture Underground Oʻzi Epizod: „Style“ Boshqa shartnomalar Yil Sarlavha Rol Izohlar 2017-yil Girlboss Ijrochi prodyuser va ssenarist 13 ta epizod; #Girlboss kitobi asosida
Adabiyotlar
Manbalar
Havolalar
Girlboss Media rasmiy vebsayti Nasty Gal rasmiy vebsayti
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:Tadbirkorlar Turkum:Ayol tadbirkorlar Turkum:Amerikaliklar