Boyan Miladinovich (; 1982-yil 24-aprel, Krusevac, Yugoslaviya) – sobiq serb futbolchisi.

Futbolchilik faoliyati 2000-yilda Boyan Miladinovich professional faoliyatini oʻz ona shahri Krusevacda, „Napredak“ jamoasida boshlagan. „Napredak“da oʻtkazgan uch mavsum davomida u 56 oʻyinda maydonga tushib, 1 gol urgan.

2001-yilda u „Trayal“ klubida ijara asosida oʻynagan va 27 ta oʻyinda 2 ta gol urgan.

2004-yilda Boyan Miladinovich Serbiya futbolining bayroqdori – „Srvena Zvezda“ Belgrad jamoasiga qoʻshildi. „Srvena Zvezda“ bilan ikki mavsum davomida u uchta oʻyinda maydonga tushdi.

2008-yilgi mavsumda u yana Napredakka koʻchib oʻtdi va bir mavsumni Krusevas shahri jamoasida oʻtkazdi va u yerda 16 ta oʻyinda ishtirok etdi va 3 ta gol urdi.

2009-yilda Oʻzbekistonga koʻchib oʻtdi va oʻzbek futbolining bayroqdori Toshkentning „Paxtakor“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Shu vaqt ichida u 70 ta oʻyinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi.

2015-yilda faoliyatida oʻzgarishlarga qoʻl urdi va „Felda Yunayted“ bilan shartnoma imzolash orqali Malayziya chempionati oʻtdi.

Jamoa faoliyati 2004-yilda Serbiya yoshlar terma jamoasiga chaqirilgan. Oʻsha yili u yoshlar jamoasi tarkibida ettita oʻyinda maydonga tushdi. Keyingi yillarda u terma jamoaga chaqirilmadi.

Yutuqlar Oʻzbekiston

Oʻzbekiston chempioni: 2012, 2014 Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 2009, 2010 Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2009; Serbiya

Serbiya chempioni: 2004, 2006, 2007 Serbiya chempionatining kumush medali sovrindori: 2005, 2008 Serbiya kubogi sohibi: 2004, 2006, 2007 Serbiya kubogining kumush medali sohibi: 2005

Havolalar

Bojan Miladinović Worldfootball saytida

Turkum:1982-yilda tugʻilganlar Turkum:24-aprelda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Serbiya va Chernogoriylik erkak futbolchilar Turkum:Serbiyalik erkak futbolchilar Turkum:Erkaklar futbol markaziy himoyachilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:FK Napredak Kruševac futbolchilari Turkum:Red Star Belgrade futbolchilari Turkum:FELDA United F.C. futbolchilari Turkum:Serbiya birinchi ligasi futbolchilari Turkum:Serbiya Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Malayziya Superligasi futbolchilari Turkum:Serbiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Malayziyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar