Botir Ikromjonovich Rahimov (1966-yil 30-iyun, Qoʻqon) — oʻzbek tadbirkori, „Paxtakor“ futbol klubi va „Oʻzbekiston“ mehmonxonasining sobiq egasi.

Faoliyati 2001-yilda „Kapitalbank“ xususiy bankiga asos solgan. Moliya, sugʻurta, xalq isteʼmoli tovarlari ishlab chiqarish, qurilish biznesi, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shugʻullanadigan koʻplab shirkatlarga asos solgan.

Oʻzbekistondagi eng boy tadbirkorlardan biri. „Botir alyuminiy“ laqabi bilan tanilgan.

2025-yil 17-fevral kuni Oʻzbekiston tennis federatsiyasi raisi etib saylandi.

Shaxsiy hayoti Botir Rahimovning besh akasi va ikki opasi bor. 2010-yilda Rahimov nomaʼlum sabablarga koʻra hibsga olingan va katta miqdorda jarimaga tortilgan. 2016-yilda milliarder Alisher Usmonovning jiyani — Bobur Usmonovning bevasi, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning rafiqasi Ziroat Mirziyoyevaning jiyani Diyora Usmonovaga uylanganini eʼlon qildi.

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston tadbirkorlari Turkum:Oʻzbekistonlik milliarderlar Turkum:Paxtakor Toshkent