Ezgulik mahallasi (Sergeli-8a mavzesi) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Sergeli tumanidagi mahalla. Qut-baraka, Yangi Sergeli, Madadkor, Mehrigiyo mahallalari bilan chegaradosh. 1990-yil tashkil topgan. 2016-yilgacha Tinchlik mahallasi deb atalgan. Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida, 2016-yil 21-apreldagi Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qaroriga binoan mahalla nomi Ezgulik deb oʻzgartirilgan.

Aholisi 6 500 kishidan iborat. Milliy tarkibi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, boshqa millatlar (rus, tojik, tatar, koreys, qozoq va boshqa)dan tashkil topgan. Mahallada 3 ta katta koʻcha, 2 bolalar bogchasi, maktab, dorixona, sartaroshxona, magazinlar, 3 kafe, 3 novvoyxona bor.

Maydoni 20,0 gektar.

Manbalar

Turkum:Sergeli tumanidagi mahallalar