Vatandosh mahallasi (Gʻalabaning 40 yilligi, 2-daxa, 8*-uy) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi mahalla. Amir Temur, Mohinur, Al-Buxoriy, Tong, Birlashgan mahallalari bilan chegaradosh. 1991-yil shoir Usmon Nosir sharafiga Usmon Nosir mahallasi nomi bilan tashkil etilgan. Aholisi 4 600 kishi, koʻp millatli.
Takror mahalla nomini tartibga keltirish maqsadida, 2016-yil 21-apreldagi Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qaroriga binoan mahalla nomi Vatandosh deb oʻzgartirilgan.
Manbalar
Turkum:Yashnobod tumanidagi mahallalar