Uchtepa mahallasi (Magʻzuna koʻchasi 16a-uy) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi mahalla. Hojiobod, Chamanzor, Yusuf Sakkokiy, Zarafshon hamda Koʻrkamobod mahallalari bilan chegaradosh. 1967-yil tashkil topgan. Aholisi 2 925 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, 10 dan ortiq millat vakillari yashaydi. Mahallada „Mirboboota“ jome masjidi joylashgan. Mahalla aholisi qadimdan dehqonchilik va bogʻdorchilik bilan mashgʻul boʻlgan.

Maydoni 31,0 gektar.

Manbalar

Turkum:Uchtepa tumanidagi mahallalar