Vadim Aleksandrovich Kirichenko (; 1936-yil 7-fevralda tugʻilgan) — nafaqadagi sovet futbolchisi va murabbiyi.
Futbolchi faoliyati U 1957-yilda Bishkekda „Spartak“/"Alga Frunze" jamoasi safida SSSR Birinchi ligasida o‘z debyut amalga oshirgan.
Murabbiylik faoliyati U hali futbolchilik vaqtidayoq murabbiylik faoliyatini boshlagan. 1964-yilda „Zarafshon“ (Navoiy) jamoasining futbolchi bosh murabbiyi boʻlgan. 1967-yilda u Frunze „Alga“ klubiga murabbiylik qilgan. 1968-yildan 1969-yil iyungacha „Zarafshon“ (Navoiy) klubi bosh murabbiyi. 1969-yil iyuldan 1970-yil oxirigacha u Ivano-Frankivskning „Spartak“ jamoasini boshqargan. Keyin yana „Alga“ jamoasiga qaytib, avvaliga bosh murabbiy, keyin esa jamoa boshligʻi lavozimiga oʻtdi. 1972-1973-yillarda Xersonning „Lokomotiv“ klubini boshqargan. Keyin yana „Spartak“ni (Ivano-Frankivsk) boshqardi. 1978-yildan 1980-yilgacha Grozniyning „Terek“ jamoasida ishlagan. Avvaliga u mashgʻulotlarga yordam berdi, keyin esa jamoani boshqardi. 1984-yilda „Zarafshon“ (Navoiy) klubi bosh murabbiyi va 1988-yilda Xersonda „Kristal“ ga yordam berdi.
Yutuqlar
Murabbiy sifatida
SSSR chempionatining „B“ toifasi (Oʻrta Osiyo zonasi) Kumush medal sohibi (1): 1969-yil („Zarafshon“ bilan birgalikda)
Ukraina SSR chempionati Chempion (1): 1969 (Spartak bilan birga)
Shaxsiy yutuqlar
O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan murabbiy: 1970-yil
Manbalar
Havolalar
Vadim Kirichenko at FootballFacts.ru (in Russian)
Turkum:1936-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Rossiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futbol himoyachilari Turkum:Zarafshon futbol klubi murabbiylari Turkum:Zarafshon Navoiy futbolchilari