Bobur mahallasi (Bobur koʻchasi, 67, 1-korpus, 2-xona) – Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi mahalla. Abdulla Qahhor, Damariq va Usmon Nosir mahallalari negizida tashkil etilgan. Mahalla hududi, asosan, koʻp qavatli binolardan iborat. Bobur koʻchasida joylashgani uchun Bobur mahallasi deb atalgan. Aholisi 5 200 kishi, koʻp millatli (2009). Mahalla hududida tikuv sexi, etikdoʻzlik, teleustaxonalar, 2-maktab, 3 ta sport klubi mavjud.

Abdulla Qahhor, Damariq, Armugʻon va Muhandislar mahallalari bilan chegaradosh.

Manbalar

Turkum:Yakkasaroy tumanidagi mahallalar