Boʻstonobod mahallasi (Qoraqamish 2/1, 37) – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Olmazor tumanidagi mahalla. Istiqbol, Paxta, Qichqiriq, Gʻani Aʼzamov, Chimboy, Ziyo mahallalari bilan chegaradosh. 2003-yil 6-dekabrda Istiqbol mahallasidan mustaqil boʻlib ajralib chiqqan va aholi talabiga asosan Boʻston mahallasi deb nomlangan. Aholisi 4 995 kishi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tatarlar, ruslar, koreyslar, uygʻurlar yashaydi (2009).
Shayxontohur tumanida ham ayni nomdagi mahalla boʻlgani tufayli 2016-yil 21-apreldagi Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qaroriga binoan mahalla nomi Boʻstonobod deb oʻzgartirilgan.
Manbalar
Turkum:Olmazor tumanidagi mahallalar