Ipakchi mahallasi – Oʻzbekiston Respublikasi Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi mahalla. Eski Jariq va Uchtepa tumanidagi Degrez mahallalari bilan chegaradosh. 1967-yilda tashkil topgan. 1956-yilda shu hududga Oʻrta Osiyo ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti koʻchib kelgan, shu hududdagi aksari fuqarolar institutga ishga kirgan, mahalla nomi shundan kelib chiqqan. Aholisi 5 378 kishi, asosan, oʻzbeklar (2009). Mahalla hududida 2 sport inshooti, 1 sanoat korxonasi, bolalar bogʻchasi, 6 oziq-ovqat doʻkoni, 2 dorixona, kafe, novvoyxona, masjid, 5 madaniy-maishiy muassasa mavjud.
Manbalar
Turkum:Shayxontohur tumanidagi mahallalar