Zeekr X – Xitoyning Geely Automobile kompaniyasining subbrendi boʻlmish Zeekr tomonidan ishlab chiqariladigan va besh eshikli elektr sport avtomobili.

Tarixi

„Zeekr“ nomining dastlabki ikki harfi "zero emission" soʻzining bosh harflaridan olingan boʻlib, uchinchi harfda esa elektr evolyutsiyasi davri (Electric-Evolution-Era) xabari shifrlangan va oxirgi „kr“ harflari kimyoviy element boʻlmish kriptonning belgisidir. Kripton rangi, taʼmi va hidi boʻlmagan gaz, bu nom yunon tilidan „yashirin“ yoki „maxfiy“ deb tarjima qilingan.

Zeekr X Geely SEA platformasida qurilgan boʻlib, bu kabi platformasi boshqa koʻplab brendlar Polestar, Volvo va Smart avtomobillarida ham qoʻllangan. . Uzunligi 4,45 metr va gʻildirak bazasi 2,75 metr boʻlgan Zeekr X oʻlchamlari boʻyicha Smart #3 bilan deyarli bir xil. Volvo XC40 Recharge va Tesla Model Y oʻlchamlari boʻyicha juda oʻxshashdir. Avtomobil Tesla Model Y ning asosiy raqobatchisi hisoblanadi

TK thumb|270px|Avtomobilning orqa koʻrinish Zeekr X ning bazaviy modeli orqa gʻildiraklari tortuvchi 272 ot kuchiga ega elektomotor bilan jihozlangan. Ogʻirligi 1840 kg ni tashkil qiladi. Avtomobil 185 km/s tezlikkacha harakatlanadi

Elektromobilning gʻildiraklari toʻliq tortuvchi versiyasida old gʻldiraklarida 156 ot kuchiga ega elektr dvigatel oʻrnatilgan boʻlib, orqa gʻldiraklarga oʻrnatilgan dvigatellar bilan qoʻshganda umumiy quvvati 428 ot kuchiga teng. Ushbu versiyasininv ogʻirligi 1945 kg. Yuqori tezligi 190 km/soat. Akkumlyator quvvati 66 kVt/s ni tashkil qiladi. 100 km/s tezlikka 3,7 soniyada erisha oladi. Bir quvvatlanishda 560 km masofagacha yura oladi.

Batareya

Zeekr X SEA platformasida qurilganligi sababli, u Smart #1 va Smart #3 bilan bir xil batareya va motorlarga ega. 66 kVt/soat quvvatga ega akkumlyator Geely kompaniyasiga tegishli boʻlgan VREMT kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Batareya CLTC koʻrsatkichlari boʻyicha 560 km gacha boʻlgan masofani bosib oʻta oladi.

Interyeri thumb|270px|Ichki koʻrinishi. thumb|270px|Ichki koʻrinishi. Ichki saloni Tesla avtomobillaridagi kabi boʻsh emas. Ranglar va egri chiziqlarning oʻylangan tanlovi bilan Zeekr X ning ichki qismi juda yoqimli qilib ishlangan. Asboblar paneli eshiklar bilan uygʻunlashadi va asboblar panelining yuqori qismi old oyna ostiga koʻchirilib, chiroyli pogʻonali dizayn yaratilgan. Shuningdek, 14,6 dyuymli markaziy ekran mavjud boʻlib, u avtomatik ravishda markazdan yoʻlovchi tomonga qarab harakatlana oladi.

Havfsizlik

Euro NCAP mutaxassislari elektromobillar, krossoverlar, sedanlar va oilaviy avtomobillarning krash-testlari natijalarini sarhisob qilib, 2024-yilning eng xavfsiz avtomobillarini eʼlon qildi. Ularning xulosasiga koʻra Zeekr X krossoveri „Eng xavfsiz elektr avtomobil“ nominatsiyasida gʻolib boʻldi. Koʻplab avtohalokat sinovlari natijalariga koʻra, Xitoy modeli Porsche Macan EV, Toyota C-HR, Volvo EX30, shuningdek, Cupra Tavascan va Xpeng G6dan ustun keldi. Bundan tashqari, Zeekr X kichik krossover sinfidagi eng yaxshi avtomobil deb tan olindi .

Galereya

Yana qarang

Zeekr 001 Zeekr 009

Manbalar

Turkum:Avtomobillar Turkum:Xitoy avtomobillari Turkum:C segmentli avtomobillar