Lutfiyi Soniy (15–16-asrlar) – mashhadlik forsiynavis shoir. Nomi “Majolis un-nafois”ning uchinchi majlisida tilga olinadi. Alisher Navoiy uning Mashhad shoiri va zurafosi ekanligini aytib, quyidagi matlaʼsini keltiradi:Shud chu mehmoni man on shamʼi shabafroʻz imshab,
Kosh to subhi qiyomat nashavad roʻz imshab.
(Mazmuni: Kechani yorituvchi ul shamʼ mening mehmonim boʻldi bu kecha,
Koshki edi, qiyomatgacha tong otmasa bu kecha).
Manbalar
Turkum:Navoiyshunoslik