Muhammad ibn Abdulkarim ibn Ahmad ibn Abul Qosim ibn Abu Bakr ash-Shahrastoniy — ashʼariya mazhabi mutakallimi va faylasuf. Fiqh va usul ilmini o‘rgangan. U 1074-yili (hijriy 467-yil) tugʻilib, 1153-yili (hijriy 548-yil) vafot etgan.

Asarlari „Kitobu nihoyati-l-iqdom“ („Taqdim etishning nihoyasi“) „Kitobu-l-milal va-n-nihal“ („Qavmlar va dinlar kitobi“) „Kitobu g‘oyati-l-marom fi ilmi-l-kalom“ („Kalom ilmida istak-xohishning chegarasi haqidagi kitob“) „Kitobu daqoiqi-l-avhom“ („O‘y-xayollarning nozik jihatlari haqidagi kitob“) „Kitobu-l-irshod ila ilmi-l-eʼtiqod“ („Eʼtiqod ilmiga boshlovchi qo‘llanma kitob“) „Kitobu-l-mabdaʼ va-l-miyʼod“ („Tamoyil va muddat haqidagi kitob“) „Kitobu sharhi surati Yusuf bi iborati latifa falsafiya“ ("Falsafiy latif iboralar orqali „Yusuf“ surasini sharhlash kitobi") „Kitobu-l-aqtor fi-l-usul ash-shayba“ („Anʼanaviy usulda tomonlarni aniqlash kitobi“) „Tarixu hukamo“ („Hukamolar tarixi“) „al-Manohij va-l-bayon“ („Dasturlar va bayon“) „al-Muzoraʼa“ („O‘xshashliklar“) „Talxisu-l-aqsom li mazohibi-l-anom“ („Mazhablarning qisqacha bayoni“).

Manbalar