Istanbul universiteti Transport va logistika fakulteti – 1999-yilda Biznes boshqaruvi fakulteti qoshida tashkil etilgan.

Tarixi

2015—2016-o‘quv yilida fakultet maqomini oldi. Istanbul universiteti Transport va logistika fakulteti Turkiyadagi logistika sohasida taʼlim beruvchi fakultetlar orasida IRU akkreditatsiyasiga ega boʻlgan yagona fakultetdir.

2020-2021-oʻquv yilida „Transport va logistika“ bakalavriat yoʻnalishi nomi oʻzgartirilib, „Logistika menejmenti“ yoʻnalishi deb nomlandi. Bundan tashqari, taʼlim tili butunlay ingliz tili bo‘lgan yana bir bakalavriat dasturi ochildi.

Taʼlim tizimi

Faoliyatini 2 ta bakalavriat dasturi, 3 ta aspirantura va 2 ta doktorantura dasturi bilan davom ettirmoqda. Bu dasturlar quyidagilar:

Logistika menejmenti — bakalavriat dasturi (turk tili) Sobiq nomi: Transport va Logistika Logistika menejmenti — bakalavriat dasturi (ingliz tili) Transport va logistika menejmenti — magistrlik dasturi (dissertatsiyali) Intellektual transport tizimlari — magistrlik dasturi (dissertatsiyali) Xalqaro logistika menejmenti — magistrlik dasturi (dissertatsiyasiz) Transport va logistika menejmenti — PhD dasturi Intellektual transport tizimlari — PhD dasturi.

Erasmus+

Erasmus+ Talaba almashinuv dasturi doirasida 9 ta universitet bilan shartnoma imzolagan. Bular:

Kuhne Logistika universiteti (Germaniya / Gamburg) Rotterdam universiteti (Niderlandiya / Rotterdam) Chexiya texnika universiteti (Chexiya / Praga) Lissabon instituti (Portugaliya / Lissabon) Varshava texnologiya universiteti (Polsha / Varshava) Zilina universiteti (Slovakiya / Zilina) Maribor universiteti (Sloveniya / Maribor) North universitet (Xorvatiya / Koprivnica) Vilnyus Gediminas texnika universiteti (Litva / Vilnyus).

Klublar faoliyati

Fakultet tarkibida 2 ta talabalar to‘garagi faoliyat ko‘rsatmoqda. Bular:

Logistika klubi

Uning asosiy faoliyat sohasi tarmoq tadbirlaridir. Har yili sammitlar tashkil qiladi, soha va talabalar oʻrtasidagi aloqani taʼminlaydi.

Madaniyat klubi

Uning asosiy faoliyat sohasi madaniy tadbirlardir. U ijtimoiy yordam tadbirlari, madaniy sayohatlar, kino va teatr tomoshalari kabi tadbirlarni tashkil qiladi.

ULF bitiruvchilari platformasi

Bu kollej va fakultet bitiruvchilari tomonidan yaratilgan platformadir.

Manbalar

Turkum:Oliy oʻquv yurtlari Turkum:Turkiyadagi universitetlar