Vikiiqtibos (viki va iqtibos soʻzlarining birikmasi) () – mashhur kishilar hamda asar qahramonlari iqtiboslarining erkin toʻplami. Vikipediya singari Vikiiqtibos ham Vikimedia Jamgʻarmasining loyihasi boʻlib, koʻngillilar tomonidan yuritiladi. Vikiiqtibos ilk bor ingliz tilida 2003-yil 10-iyulda ish boshlagan. Loyihaning oʻzbekcha boʻlimi esa 2007-yilning fevral oyida faol tahrir qilina boshlagan.
Faoliyat Ushbu loyiha tashrif buyuruvchilarga oʻz hissalarini qoʻshish imkoniyatini beruvchi kam sonli onlayn iqtiboslar toʻplamlaridan biridir. U har bir iqtibos uchun aniq manbalarni koʻrsatishga va notoʻgʻri berilgan iqtiboslarni tuzatishga intiluvchi juda kam sonli resurslardan biri hisoblanadi. Vikiiqtibos sahifalari Vikipediyadagi mashhur shaxslar haqidagi maqolalar bilan oʻzaro bogʻlangan.
Tadqiqotlarda foydalanish Vikiiqtibos tilshunoslik va sunʼiy idrok bilan bog‘liq tadqiqotlarda matn korpusi sifatida ishlatilishi mumkin. Masalan, 2017-yilda bo‘lib o‘tgan konferensiyasida Wrocław universiteti jamoasi Vikiiqtibosdan kam uchraydigan soʻzlarni aniqlaydigan suhbat modulini yaratishda foydalangan. Shuningdek, ba’zi tadqiqotchilar Vikiiqtibosdan ekstremistik fikrlar aks etgan iqtiboslarni aniqlash uchun til modellarini o‘rgatishda ham foydalanishgan.
Manbalar
Havolalar
Aniq statistika Vikiiqtiboslarning toʻliq roʻyxati Oʻzbekcha Vikiiqtibos
* Turkum:Koʻp tilli saytlar Turkum:MediaWiki vebsaytlari Turkum:Vikimedia loyihalari