Noah Cameron Schnapp — Amerikalik aktyor. U ilmiy-fantastik yoʻnalishda yaratilgan Stranger Things filmidagi Will Byers roli sababli dunyoga tanilgan. 2004-yil 3-oktabrda Nyu York shahrida tavallud topgan. +Tugʻilgan2004-yil 3-oktabr(18 yosh) Nyu York ,AQSHFuqaroligiAmerika va KanadaKasbiAktyorIjodiy faoliyati2014-yildan hozirgacha
Biografiyasi Schnapp Nyu York shahrida Mitchell va Karine Schnapp oilasida tugʻilgan. U yahudiy hisoblanadi va uning egizak singlisi mavjud. Bir paytning oʻzida Amerika va Kanada fuqaroligini olgan Noah 5 yoshidan boshlab aktyorlik sohasiga qiziqishni boshlagan. Avvalo maktab va jamoat sahnalarida rol oʻynashni boshlagan va 8 yoshida oʻqituvchisining maslahati bilan aktyorlik ijodini boshlagan.
Schnapp Pennsylvania Universitetida biznes va innovatsiya sohasida oʻqimoqda va 2026-yilda universitetni bitiradi.
Ijodiy faoliyati Schnappning debut roli Steven Spielberg tomonidan suratga olingan Bridge of Spies(2015) filmidagi Roger boʻlgan. Undan soʻng esa animatsion The Peanuts Movie filmidagi Charlie Brown rolini ijro etgan.
U 2016-yil iyul oyida Stranger Things filmidagi Will Byers roli bilan dunyoga mashhur boʻldi va filmning ikkinchi mavsumiga ham rol ijro etishga taklif etildi.
Mukofotlari +MukofotYiliBoʻlimiFilm nomiMTV Movie& TV Awards2018Eng qoʻrqinchli ijro Eng yaxshi ekran jamoasiStranger thingsPeopleʼs Choice Awards20222022-yilning eng yaxshi erkak teleyulduzi -Teen Choice Awards2019Yozgi tele-aktyor -Young Atrist Awards2017TV boʻlimlaridagi eng yaxshi ijroStranger Things