Marcus Lilian Thuram-Ulien (1997-yil 6-avgustda tugʻilgan) – fransuz professional futbolchisi, Serie Aning Inter Milan klubi va Fransiya terma jamoasida hujumchi pozsitsiyasida oʻynaydi. Marcus Fransiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Lilian Thuramning oʻgʻli hisoblanadi.
U oʻzining professional faoliyatini Sochaux klubi safida boshlagan. Liga 2ning uchta mavsumida maydonda harakat qilgan, ikki yilni Liga 1 jamoasi Guingamp safida oʻtkazgan. 2019-yilda Myunxengladbaxning „Borussiya“ klubiga 12 million yevro evaziga transfer qilingan.
Thuram 2020-yilda Fransiya terma jamoasi safida oʻz debyutini oʻtkazdi. Terma jamoasi safida UEFA Euro 2020 va 2022-yilgi FIFA Jahon chempionatida harakat qilgan va ikkala musobaqada ham uning jamoasi ikkinchi oʻrinni egallagan.
Klublardagi faoliyati Thuram oʻzining professional faoliyatini „Sochaux“ klubida boshlagan. U yerda „Youth Academy“ klubida oʻynagan. Liga 2dagi debyutini 2015-yil 20-mart kuni Chateauroux jamoasiga qarshi oʻyinda 83-daqiqada Edouard Butin oʻrniga maydonga tushib oʻtkazdi. „Sochaux“ tarkibida jami 43 ta oʻyinda maydonga tushib, bir gol urishga muvaffaq boʻlgan (2017-yil 14-aprelda „Tours“ klubiga 3:1 hisobida magʻlub boʻlgan).
Guingamp 2017-yilning 5-iyul kuni Thuram nomaʼlum toʻlov evaziga Liga 1ning Guingamp klubi safiga oʻtdi. 2018-yil avgust oyida otasining futbolchilik faoliyatidagi jamoadoshi, Parma, Yuventus va PSJ darvozaboni Gianluigi Buffonga qarshi oʻynaganligi uchun koʻplab muxlislar eʼtiborini tortdi.
Thuram 2019-yilning 9-yanvar kuni Parc des Princes oʻyingohida PSJ jamoasiga qarshi oʻyinda (2:1) penalti ishlashga erishdi va buning natijasida uning jamoasi keyingi bosqich yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Yigirma kundan soʻng yarim final bosqichida „Monaco“ jamoasiga qarshi oʻyinda (2:2) hisobni tenglashtiruvchi golni kiritdi. Penaltilar seriyasida uning tepgan toʻpini Danijel Subasic bartaraf etdi, lekin shunga qaramay, Guingamp kelasi bosqichga yoʻl oldi.
Borussiya Myunxengladbax
2019-2020-yilgi mavsum 2019-yil 22-iyul kuni Myunxengladbaxning Borussiya klubi Thuram bilan toʻrt yillik shartnoma imzolaganini eʼlon qildi. Bu transfer uchun klub Guingampga 12 million yevro miqdorda pul toʻladi. Unga Dortmundning „Borussiya“ klubiga oʻtgan Thorgan Hazardning 10-raqami berildi.
Thuram Gladbach safidagi debyutini 9-avgust kuni DFB-Pokal jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. Bundesligadagi ilk golini 22-sentabr kuni oʻzining beshinchi oʻyinida „Fortuna Dusseldorf“ jamoasiga qarshi oʻyinda kiritdi.
2020-yil 31-may kuni Thuram Union Berlin klubi darvozasiga ikkita gol kiritishga erishdi. U oʻyindagi birinchi golini George Floydning oʻldirilishi ortidan AQSHda davom etayotgan norozilik namoyishlariga bagʻishladi.
2021- 2020-yil 27-oktabr kuni Thuram UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichida "Real Madrid" jamoasi bilan kechgan oʻyinda (2:2) ikkita gol urdi. 19-dekabr kuni Thuram „Hoffenheim“ klubiga qarshi oʻyinda raqibi Stefan Poschning yuziga tupurgani uchun maydondan chetlatildi, natijada olti oʻyinga diskvalifikatsiya qilindi va 40 000 evro jarimaga tortildi.
Marcus Bundesliganing 2021-2022-yilgi mavsumidagi dastlabki 15 ta oʻyinida gol ura olmadi. Faqatgina „Wolfsburg“, „Stuttgart“ va „Greuther Furth“ klublari darvozasiga bittadan gol ura oldi.
2022-yil noyabr holatiga koʻra, Thuram Bundesliganing 15 oʻyinida 10 ta gol urishga muvaffaq boʻldi va bu uning debyut mavsumidan buyon eng yaxshi koʻrsatkichlaridan biri edi.
Terma jamoa safidagi faoliyati Thuram 2016-yilgi UEFA Yevropa chempionatida Fransiya U19 terma jamoasi bilan gʻolib boʻldi. 2020-yilning noyabr oyida Finlandiya, Portugaliya va Shvetsiyaga qarshi oʻyinlar oldidan birinchi marotaba milliy terma jamoa safiga chaqirildi. 11-noyabr kuni finlarga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida „Stade de France“ stadionida uning jamoasi 2:0 hisobida magʻlubiyatga uchradi. 2021-yilning may oyida UEFA Euro 2020 musobaqasi uchun ham chaqiruv oldi.
2022-yilning 14-noyabrida Thuram 2022-yilgi Jahon chempionatiga ham chaqiruv oldi. Argentinaga qarshi final oʻyinida u va Randal Kolo Muani Ousmane Dembele va Olivier Giroud oʻrniga maydonga tushdi. Asosiy vaqt oxirida Kylian Mbappening hisobni tenglashtirgan goliga oʻz hissasini qoʻshdi. Oʻyin davomida jarima maydonchasi ichida qoʻpollik ishlatganligi uchun sariq kartochka oldi. Yakunda Fransiya 3:3 hisobida durang oʻynab penaltilar seriyasida magʻlub boʻldi.
Shaxsiy hayoti Thuram sobiq fransuz terma jamoasi futbolchisi Lilian Thuramning oʻgʻli va professional futbolchi Khéphren Thuramning akasi hisoblanadi. Italiyaning Parma shahrida tugʻilgan va uning ismi yamaykalik Marcus Garvey sharafiga qoʻyilgan. Otasi "Juventus" va "Barselona" safida harakat qilganiga qaramay, u bolaligidan "Milan „ va “Real Madrid" klubi muxlisi boʻlgan.
Faoliyatidagi statistikasi
Klub
+Klublar safidagi oʻyinlar, gollar, mavsumlar va musobaqalarKlubMavsumLigaMilliy kubokLiga kubogiYevropaJamiDivizyonOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarOʻyinlarGollarSochaux II2013-14CFA40———402014-15CFA193———1932015-16CFA90———902016-17CFA 263———63Jami386———386Sochaux2014-15Ligue 2100000—102015-16Ligue 21503010—1902016-17Ligue 22110020—231Jami3713030—431Guingamp2017-18Ligue 13232100—3442018-19Ligue 13293232—3813Jami64125332—7217Borussia Mönchengladbach2019-20Bundesliga311022—6239142020-21Bundesliga29831—8240112021-22Bundesliga21320——2332022-23Bundesliga251223——2715Jami1063396—14412943Umumiy statistika245521796214428267
Terma jamoa safida
+Terma jamoa safidagi oʻyinlar va gollar Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar Fransiya 2020 3 0 2021 1 0 2022 5 0 2023 1 0 Jami 10 0
Yutuqlari Fransiya U19
19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati: 2016
Fransiya
FIFA Jahon kubogi gʻolibi: 2022
Shaxsiy
Bundesligada oyning eng yaxshi yangi futbolchisi: 2019-yil sentabr, 2019-yil oktabr, 2019-yil noyabr
Manbalar
Havolalar
Profile at the Inter Milan website
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Fransiyalik erkak futbolchilar Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar
Turkum:Fransiyalik muhojir erkak futbolchilar Turkum:Germaniyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Italiyadagi muhojir erkak futbolchilar Turkum:Fransiya milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Fransiya 21 yoshgacha milliy futbol terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Fransiya yoshlar terma jamoasi futbolchilari Turkum:UEFA Yevro 2020 oʻyinchilari Turkum:UEFA Yevro 2024 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2022 oʻyinchilari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2026 oʻyinchilari Turkum:Thuram oilasi Turkum:Fransiyaning mahalliylashtirilgan fuqarolari