(Birinchi) Slovakiya Respublikasi (), yoki Slovakiya davlati (), 1939-yil 14-martdan 1945-yil 4-aprelgacha mavjud boʻlgan Germaniyasining Imperiyasining qisman tan olingan mijoz davlati edi. Chexoslovakiyaning Slovakiya qismi Germaniyaning Chexoslovakiya va Moraviyani bosib olishidan bir kun oldin Germaniya yordami bilan oʻz mustaqilligini ommaga eʼlon qildi. 1938 yilda Chexoslovakiya Vengriyaga bergan hozirgi janubiy qismlarisiz Slovakiya Respublikasi hozirgi Slovakiya hududining aksariyat qismini oʻz nazoratiga olgan edi. Bu esa tarixda birinchi marta Slovakiya rasmiy mustaqil davlat boʻlishi uchun imkon yaratdi.

Xlinkaning Slovakiya Xalq partiyasi tomonidan boshqariladigan bir partiyali davlat, Slovakiya Respublikasi eng birinchi navbatda Fashist Germaniya bilan hamkorligi sabab mashhur boʻlib, u 1939 yil sentyabr oyida Polsha va 1941 yilda Sovet Ittifoqiga bosib olish uchun oʻz qoʻshini yuborgan. 1942-yilda mamlakat 58 ming yahudiyni (Slovakiya yahudiylarining uchdan ikki qismi degani) nemislar tomonidan bosib olingan va Polshaga surgun qilinib, Germaniyaga har biriga 500 reyxsmark miqdorda pul toʻlagan. Slovakiyaga qarshi partizanlarning faolligi kuchayganidan keyin, Germaniya Slovakiyaga bostirib kirdi va bu katta qoʻzgʻolonni oʻz-oʻzidan keltirib chiqara boshladi. Slovakiya Respublikasi 1945 yilda Sovet istilosidan keyin tugatildi va uning hududi qayta tiklangan Uchinchi Chexoslovakiya Respublikasi tarkibiga yana qaytarildi.

Hozirgi Slovakiya Respublikasi oʻzini urush davridagi Slovakiya Respublikasining batamom vorisi deb hisoblamaydi, aksincha, uning nasl-nasabini yaʼni kelib chishini quvgʻindagi Chexoslovakiya hukumati bilan bir pogʻonda bogʻlaydi. Biroq, ayrim millatchilar 14 martni mustaqillik kuni sifatida nishonlashda davom etib kelishmoqda.

Nomi Ushbu mamlakatning rasmiy nomi Slovakiya davlati boʻlib () 1939 yil 14 martdan 21 iyulgacha (Konstitutsiya qabul qilinguniga qadar) edi va Slovakiya Respublikasi () 1939 yil 21 iyuldan to 1945 yil aprelgacha. Mamlakat tarixan olanda birinchi Slovakiya Respublikasi ( deb ataladi), uni zamonaviy (ikkinchi) Slovakiya Respublikasi, uning huquqiy vorisi davlati hisoblanmaydigan Slovakiyadan farqlay olish maqsadida yangilangan. „Slovakiya davlati“ nomi soʻzlashuv tilida ishlatilgan, ammo „Birinchi Slovakiya Respublikasi“ atamasi hatto urushdan keyingi kommunistik davrda yozilgan ensiklopediyalarda ham ishlatilgan.Vladár, J. (Ed.), Encyklopédia Slovenska V. zväzok R – Š. Plevza, V. (Ed.) Dejiny Slovenského národného povstania 1944 5. zväzok.

Yaratilishi thumb| Jozef Tiso (oʻrtada) 1939 yil 14 martning ikkinchi yilligiga bagʻishlangan marosimda Myunxen kelishuvidan keyin Slovakiya Chexo-Slovakiya mamlakati ichida avtonomiyaga ega boʻldi (sobiq Chexoslovakiya nomi oʻzgartirilgan edi) va birinchi Vena mukofoti ostida janubiy hududlarini Vengriyaga osongina boy berib qoʻydi. Natsist fyurer Adolf Gitler Chexiya hududiga safarbarlik tayyorlayotgan va oʻzining Chexiya va Moraviya protektoratini tashkil etayotgan bir paytda, u Slovakiya uchun turli rejalar tuza boshlagan edi. Nemis amaldorlari va rasmiylariga dastlab vengerlar slovaklar Vengriyaga qoʻshilishni xohlayotgani haqida bir nechta notoʻgʻri maʼlumot olishgan. Germaniya Slovakiyani Germaniya oʻz taʼsiri ostidagi alohida qoʻgʻirchoq davlatga aylantirib va Germaniyaning Polsha va boshqa mintaqalarga hujumlari uchun potentsial strategik bazaga aylantirishga qaror qilgan edi.

1939 yil 13 martda Adolf Gitler monsenyor Yozef Tisoni (bir necha kun oldin Chexoslovakiya harbiy qoʻshinlari tomonidan ishdan olib tashlangan Slovakiyaning sobiq bosh vaziri) Berlinga taklif qildi va uni Slovakiya mustaqilligini eʼlon qilishga bir necha bor undadi. Gitlerning qoʻshimcha qilishicha, agar Tiso oʻz xohishiga koʻra rozi boʻlmasa, uni Slovakiya taqdiri qiziqtirmaydi deya va uni Vengriya va Polshaning hududiy daʼvolariga qoldiradi. Ushbu uchrashuv chogʻida Yoaxim fon Ribbentrop vengriya qoʻshinlari asta-sekin Slovakiya chegaralariga yaqinlashib qolayotgani haqidagi hisobotini taqdim etdi. Tisoning oʻzi bunday qaror qabul qilishdan bosh tortdi, shundan soʻng Gitler unga Slovakiyaning mustaqilligini tasdiqlovchi Slovakiya parlamentining („Slovakiya erining dietasi“) yigʻilishini tashkil etilishiga ruxsat berdi.

14 mart kuni Slovakiya parlamenti yigʻilib, Tisoning Gitler bilan boʻlgan muhokamasini, shuningdek, mustaqillik eʼlon qilinishi toʻgʻrisidagi maʼruzasini tingladi. Baʼzi bir deputatlar Slovakiya davlati juda kichik hamda kuchli vengriya ozchiligiga ega boʻlishidan xavotirga tushganligi sababli va boshqa sabablarga koʻra, bunday harakatni amalga oshirishga shubha ostida qarashdi. Slovakiyadagi nemis ozchiligi rahbari Frants Karmasin mustaqillikni eʼlon qilishdagi har qanday kechikish Slovakiyaning Vengriya va Germaniya oʻrtasida boʻlinib ketishiga olib kelishini aytganida, bahs yana tezda avj ola boshladi. Bunday holatda sharoitdan kelib chiqib parlament aʼzolari bir ovozdan Slovakiyaning mustaqilligini eʼlon qildi va shu tarixiy voqea sabab ular tarixda birinchi Slovakiya davlatini yaratdi. Jozef Tiso yangi respublikaning birinchi bosh vaziri etib tayinlandi. Ertasi kuni Tiso telegramma yubordi (u aslida Berlinda oldingi kuni tuzilgan edi) Reyxdan yangi zabt qilingan davlatni himoya qilishni oʻz zimmasiga olishni soʻradi. Murojaat osonlik bilan ijobiy maqullandi va qabul qilindi.William Shirer, The Rise and Fall of the Third Reich (Touchstone Edition) (New York: Simon & Schuster, 1990)

Slovakiya harbiylari

Vengriya bilan urush 1939 yil 23 martda Karpato-Ukrainani egallab olgandan soʻng Vengriya u yerdan hujumga oʻtdi va yangi tashkil etilgan Slovakiya Respublikasi jami , yaʼni Ikkinchi jahon urushi boshlanishidan oldin Vengriya mamlakatiga taxminan 70 000 aholisi boʻlgan hududni berishga majbur boʻldi.

Slovakiya kuchlari Polshaga qarshi yurish paytida (1939) thumb| Polshadagi slovak askarlari Slovakiya Germaniyadan tashqari Polshaga bostirib kirishda jonbozlik koʻrsatayotgan yagona Eksen davlati edi. 1939 yil sentyabr oyida Germaniyaning Polshaga bevosita bostirib kirishi rejalashtirilgan boʻlsa, Oberkommando der Wehrmacht (OKW) Slovakiyadan amaliy yordam soʻradi. Slovakiya armiyasi shakillanganiga bor-yoʻgʻi olti oy boʻlgan boʻlsa-da, u bir qancha piyoda va artilleriya batalonlaridan iborat kichik mobil jangovar guruhni tuzzishga muaffaq boʻldi. Polshadagi kampaniya uchun nemislar bilan birgalikda foydalanish uchun ikkita jangovar guruh shakillantirildi. Birinchi guruh oltita piyoda batalon, ikkita artilleriya bataloni va jangovar muhandislardan iborat boʻlgan brigada oʻlchamidagi tuzilma boʻlib, ularning hammasi Antonin Pulanich tomonidan boshqarilgan edi. Ikkinchi guruh esa – qoʻshma otliq va mototsikl razvedka qoʻshinlarining ikkita batalonidan va Gustav Malar qoʻmondonlik qilgan toʻqqizta motorli artilleriya batareyasidan tashkil topgan mobil tuzilma edi. Ikki guruh yaʼni 1chi va 3-Slovakiya piyoda askarlari diviziyalarining shtab-kvartiralariga hisobot berishganidan soʻng. Ikki jangovar guruhlar Novy Sącz va Dukla togʻ dovonlarini bosib oʻtib, Polsha janubidagi Debica va Tarnow tomon yurushlarini davom ettirishdi.

Sovet Ittifoqiga qarshi kampaniya paytida Slovakiya kuchlari thumb| Slovak askarlari Qizil Armiya askarlarini taslim boʻlishga majbur qilishdi Slovakiya harbiylari Sharqiy frontda Sovet Ittifoqiga yaʼni SSSR ga qarshi urushda qatnashgan davlatlardan bittasi. Taxminan 45 000 kishilik Slovakiya Ekspeditsiya armiyasi guruhi Germaniya hujumidan koʻp oʻtmay Sovet Ittifoqiga kirdi. Lekin bu mamlakat armiyasi logistika va transport taʼminotiga ega emas edi, shuning sababli bu kuchdan tanlangan boʻlinmalardan ancha kichikroq boʻlgan boʻlinma, Slovakiya mobil qoʻmondonligi (Pilfousek brigadasi) tashkil etildi; Slovakiya armiyasining qolgan barcha qismi esa orqa hududdagi xavfsizlik xizmatiga topshirildi. Slovakiya mobil qoʻmondonligi Germaniyaning 17-chi armiyasiga (Vengriya Karpat guruhi ham) qoʻshildi va koʻp oʻtmay nemis qoʻmondonligiga topshirildi, slovaklarda eng samarali tezkor boshqaruvni amalga oshiraolishi uchun qoʻmondonlik infratuzilmasi yoʻq edi. Ushbu harbiy boʻlinma 1941 yil iyulgacha 17-armiya bilan va shu jumladan Uman jangida jang qilgan edi.

1941 yil avgust oyining boshlarida Slovakiya mobil qoʻmondonligi oʻz nihoyasiga yetkazildi va uning oʻrniga Slovakiya ekspeditsiya armiyasi guruhidan ikkita piyoda diviziyasi tashkil etildi. Slovakiya 2-diviziyasi xavfsizlik boʻlimi edi, lekin Slovakiya 1-diviziyasi 1941 va 1942 yillardagi yurishlarda urushda jang qilgan va B armiya guruhi hamkorligida Kavkaz hududiga yetib borgan eng oldingi qismlardan biri edi. Soʻngra Slovakiya 1-diviziyasi nemis bilan oʻzlarining janubiy qoʻshinlari taqdirini birgalikda baham koʻrdi, Kuban koʻprigida ogʻir texnikasini yoʻqotdi, keyin esa Ukraina janubidagi Melitopol yaqinida qattiq vayron boʻldi. 1944 yil iyun oyida diviziyaning qoldiqlari, ruhiy holat pastligi sababli jangga yaroqsiz deb topildi, qurolsizlantirildi va qurilish ishlariga jalb qilingan xodimlar, xuddi shu sabab bilan Slovakiya 2-diviziyasining taqdiri allaqachon sodir boʻlgan edi.

Slovakiya milliy qoʻzgʻoloni thumb| Slovakiya milliy qoʻzgʻolonining birinchi kunlaridagi vaziyat xaritasi 1944 yilda Slovakiya milliy qoʻzgʻoloni, bir nechta slovak boʻlinmalari slovak qarshiliklari tarafida boʻlib, Tisoning hamkorlikdagi va uning boshqaruvidagi davlatga qarshi isyon koʻtarishdi, boshqalari esa nemis kuchlariga qoʻzgʻolonni bostirishga yordam berishdi.

Diplomatik tan olinishi Yangi tashkil boʻlgan Slovakiya davlatini Germaniya deyarli darhol tan oldi va bir necha haftadan soʻng esa Italiya, Angliya hamda Fransiya buni taklifni rad etishdi; 1939 yil mart oyida ikkala davlat Berlinga sobiq Chexoslovakiyadagi voqealar sabab Myunxen kelishuvining buzilishi sifatida norozilik bildirgan diplomatik javob yubordi va hududiy oʻzgarishlarni tan olmaslik toʻgʻrisida oʻz vaʼdasini berdi. Shunga oʻxshash eslatmalar – Myunxenga havolasiz – SSSR va AQSh tomonidan yuborilgan. Shveysariya, Polsha va Vatikan kabi eksa boʻlmagan baʼzi davlatlar Slovakiyani 1939 yil mart yoki aprel oylarida tan oldilar.

Bundan soʻng buyuk gigamon davlatlar oʻz pozitsiyalarini birin-ketin oʻzgartira boshladilar. May oyida Britaniya diplomatiyasi Bratislavada joylashgan sobiq konsuli uchun yangi ekzekvatura soʻradi (va buni oldi), bu Slovakiyaning de-fakto tan olinishini anglatar edi. 1939 yil iyul oyida Fransiya ham xuddi shunday yoʻl tutdi. Biroq, Chexoslovakiya legionerlari London va Parijda oʻz faoliyatlarini davom ettiraverdi. Millatlar Ligasi yoki Xalqaro Mehnat Ittifoqi kabi baʼzi xalqaro tashkilotlar hali ham Chexoslovakiyani oʻzlarining aʼzolari deb bilishgan, ammo baʼzilari – Umumjahon pochta ittifoqi – Slovakiyani qabul qilgan.

Ikkinchi jahon urushi boshlanganidan keyin Slovakiyadagi Britaniya va Fransiya konsulliklari tugatildi va hudud dushmanlar qarshisida deb eʼlon qilindi. Ammo, 1939 yil sentyabr oyida SSSR Slovakiyani tan oldi, oʻz navbatida Slovakiya vakilini qabul qildi va Moskvada shu paytgacha faoliyat yuritayotgan Chexoslovakiya legatsiyasini tugatdi. Rasmiy sovet-slovakiya diplomatik munosabatlari 1941-yilda nemis-sovet urushi boshlangunga qadar, SSSR Chexoslovakiya hukumatini surgunda tan olgangacha saqlanib qolgan edi; Britaniya esa buni bir yil oldin tan olgan edi.