„Konstitutsiya oʻzimizniki“ (toʻliq: „Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya oʻzimizniki“) — 2023-yil 30-aprelda Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi yangi tahririni qabul qilish uchun oʻtkaziladigan referendum targʻibot shiori. Qoʻllanishi Ushbu shior ostida referendum oldidan butun respublika boʻylab targʻibot tadbirlari tashkillashtirilgan. Xususan, Samarqand, Jizzax, Toshkent, Andijon, Xorazm, Sirdaryo viloyatlarida va Toshkent shahrida turli konsertlar hamda uchrashuvlar oʻtkazildi.

Tanqidi Konstitutsiyaning yangi tahririni qabul qilish uchun oʻtkaziladigan referendum uchun xarajatlar smetasi 182 milliard 386 million soʻm deb belgilandi. Bu esa afkor omma noroziligiga sabab boʻldi. Manbalar

Turkum:Qanotli iboralar