Al-Mufaddal ibn Umar ibn al-Mufaddal al-Abhariy (Asiruddin) — faylasuf (hakim), mantiqshunos va falakiyotshunos olim bo‘lgan. U milodiy 1265-yil (hijriy 663-yil) vafot etgan. Asarlari „Hidoyatu-l-hikmat“ („Hikmat ilmidagi to‘g‘ri yo‘l“) „Tanzilu-l-afkor fi taʼdili-l-asror“ („Sirlarni o‘zgartirish haqidagi fikrlarning nozil bo‘lishi“) „Sharhu Isag‘uvchi“ („Isag‘uchi risolasi“ga sharh"). So‘nggi ikki asar mantiq ilmiga oid. „Diroyatu-l-aflok va-z-zijish-shomil“ („Falak va yalpi zij sirlarini anglash“) „Kashfu-l-haqoiq fi tahriri-d-daqoiq“ (Falsafa ilmidagi „Nozik masalalarni tahrir qilishga oid haqiqatlarning kashf etilishi“) „al-Majistiy fi-l-hayʼat“ („Falakiyot ilmi haqidagi Almagest risolasi“) Falak ilmi va moʻtadil zij haqidagi uchta risola.
Manbalar