Shavkat Boʻronovich Umrzoqov (1979-yil 6-fevral, Toshkent shahri) — oʻzbek huquqshunosi va davlat arbobi. 2024-yildan Toshkent shahar hokimi. 2018—2023-yillarda UzAutoMotors kompaniyasi boshqaruv raisi.
Biografiyasi 2011-yildan 2013-yil sentyabrgacha – Toshkent viloyati prokuraturasi iqtisodiy jinoyatlarga va korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi.
2013—2018-yillarda – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi boshligʻi.
2018-yil mart-iyun oylarida – Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari.
2018-yil 27-iyundan 2023-yil 23-martgacha – „UzAutoMotors“ kompaniyasi boshqaruvi raisi.
2022-yildan 2023-yilgacha – Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi raisiUlugʻbek Roʻziqulov Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasining raisi etib saylandi.
2023-yil 23-mart kuni Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
2024-yil 3-aprelda Toshkent shahar hokimi etib tasdiqlandi. Tanqidlar 2026-yilda uni jamoat faollari Toshkent shahri tarixidagi eng yomon hokim deya taʼriflashdi.
Mukofotlari 2013-yilda Sodiq xizmatlari uchun medali bilan taqdirlangan.
2020-yilda Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlangan.
2026-yilda Fidokorona xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan. Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Yashayotgan insonlar