Salvatore Calabrese (Campi Salentina, 1903-yil 6-yanvar — Bolonya, 1973-yil 30-noyabr) italiyalik gastroenterologiyaga ixtisoslashgan shifokor va patologik anatomiya boʻyicha olim. U Campi Salentina shahridagi Padre Pioda Pietrelcina kasalxonasining qurilishiga yordam berdi. Shuningdek, „Mamma Bella“ bolalar uyi va uysizlar boshpanasi asoschisi. Hayoti Salvatore Calabrese 1903-yil 6-yanvarda Campi Salentina (Lechche) shahrida tugʻilgan. 1928-yilda Federiko II nomidagi Neapol univeritetining tibbiyot va jarrohlik yoʻnalishini tamomlaganBruno Pellegrino e Alfredo Calabrese (a cura di Mario Casella e Luca Calabrese), Salvatore Calabrese un personaggio del Novecento Salentino; scritti e testimonianze (in Italian), p. 16. Shundan soʻng Genuyaga koʻchib oʻtdi va u yerda fuqarolik kasalxonasida ichki kasalliklar boʻlimida koʻngilli xodim sifatida ishladi, keyin u „Ansaldo“ sanoat kompaniyasining tibbiy rahbari boʻldi Pellegrino e Calabrese, op. cit., p. 57. Bu davrda olim oʻz tadqiqotlarini anatomik patologiyaga bagʻishladi va turli xil ilmiy-ommabop nashrlarda chiqish qildi. 1939-yilda Pavia universitetida gastroenterologiya boʻyicha tahsil oldiPellegrino e Calabrese, op. cit., p. 17. Ikkinchi jahon urushi yillarida Italiyaning fashistlarga qarshilik koʻrsatishida, Genuyani ozod qilish uchun harbiy harakatlarda qatnashganPellegrino e Calabrese, op. cit., p. 19. 1945-yilda Kalabrese Campi Salentinaga qaytib keldi va u yerda uch oʻgʻlining bevaqt vafot etganiga bagʻishlangan „Mamma Bella“ bolalar uyi va uysizlar boshpanasiga asos soldiPellegrino e Calabrese, op. cit., pp. 19-20. Besh yil oʻtgach, 1951-yilda oʻzi direktorlik qilgan Padre Pio da Pietrelcina kasalxonasining poydevorini qoʻydi Pellegrino e Calabrese, op. cit., pp. 19-25. U 1973-yil 30-noyabrda miokard infarktidan keyin Bolonyada vafot etdiPellegrino e Calabrese, op. cit., pp. 25-27. Manbalar
Kaynak ve lisans
Kaynak: Wikipedia — Salvatore Calabrese · katkı geçmişi.
Metin: CC BY-SA 4.0.
Metin düzenlemesi hakkında
Viki işaretlemesi ve şablonlar çıkarıldı; uzun metinler kısaltıldı.