Aladağ — Adana viloyatiga qarashli tuman.
Sharqda Kozan tumani, janubda İmamoğlu va Karaisali tumanlari, gʻarbda Pozanti tumani, shimolda Niğde va Kayseri viloyatlari joylashgan. Maydoni 1347 km². Aholisi 2020-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra 15,998 kishi.Tuman markazi — Aladağ shahri. Dastlab Karsantı nomi bilan tanilgan Karaisalı 1987-yilda tumanga aylantirilgan. Okrugning shimoliy qismida Toros togʻlarining Antitavr (Aladağ)lar deb nomlangan qismi joylashgan. Tuman oʻz nomini shu togʻlardan olgan. Geografik jihatdan togʻli hududda joylashganligi sababli qishloq xoʻjaligida hosildorlik past. 6360-sonli qonun bilan markaz tuman munitsipalitetiga aylantirilgan. U 31 ta mahallani oʻz ichiga oladi.
Turizm nuqtayi nazaridan eng mashhur joylar: Akören cherkovi, Meydan qal’asi, Küp sharsharasi, Ağacakise yodgorlik daraxti, Simit, Eğner va Kapuzbaşı sharsharalari, Mazilik Ören qal’asi, Posyağbasan qal’asi, Sandıklı va Acı su kabilardir. Etimalogiyasi Aladağning avvalgi nomi Karaköy boʻlib, u 1973-yilda Karsantı oʻlaroq oʻzgartirilgan. 1987-yilda Karsantı tuman markaziga aylangach, hozirgi nomini olgan. Tuman nomi Tavr togʻlarining Aladağlar deb nomlangan qismidan kelib chiqqan. Bu nom Qadim Onadoʻlida soʻzlashilgan Luvi tilidan kelib chiqqani taxmin qilinadi. Usmonli davlati manbalarida Karsandı shaklida qayd qilingan. Shuningdek, Karaköy nomi bilan ham tilga olinadi.
Tarixi Qadimiy aholi yashash manzilgohi sifatida bilingan Aladağ Xet, Rim va Vizantiya hukmronligidan soʻng Saljuqiylar sulolasi davrida koʻchmanchi aholi kelib oʻrnasha boshlagan. 1360-yillarda shahar Ramazonoʻgʻullari bekligiga keyinchalik esa Yavuz Sulton Salim davrida Usmonli imperiyasiga qoʻshib olingan. 1973-yilda bu hududda alohida maʼmuriy markaz tashkil etilgan. 1987-yildan Aladağ shu nomdagi tuman markaziga aylangan.
Mahallalar #MahallaKm*BalandligiAholisi2016TÜİK 31 Ocak 2017 verileri2017201820191Akpınar Mah.4,44864492Başpınar Mah.4,17136933Mansurlu Mah.3,51.5191.4974Sinanpaşa Mah.0,01.4891.441ALADAĞ (Merkez)8624.2074.0805Akören Mah.17,94279969586Boztahta Mah.32,82962552627Büyüksofulu Mah.27,31.0461.6971.6648Ceritler Mah.12,78821.0319749Dayılar Mah.24,124611810810Darılık Mah.13,282314413911Dölekli Mah.22,880060258412Ebrişim Mah.14,796612712513Eğner Mah.22,227113312414Gerdibi Mah.38,09251.2081.16615Gireğiyeniköy Mah.6,597629329316Gökçeköy Mah.104,056029929617Kabasakal Mah.6,968422621418Karahan Mah.103,074921521219Kıcak Mah.23,999686786420Kışlak Mah.106,087026823421Kızıldam Mah.21,11.16454055722Kökez Mah.15,28291.0361.03723Köprücük Mah.34,71.01536334024Küp Mah.38,0813817325Madenli Mah.18,79211079826Mazılık Mah.10,8825959127Posyağbasan Mah.21,484740539628Topallı Mah.39,517025824829Uzunkuyu Mah.14,271121520930Yetimli Mah.13,685345646231Yüksekören Mah.30,85759188ALADAĞ (tog‘li qismi)12.12611.816ALADAĞ 16.33315.896 Eslatma: Qishloq aholisi 2013-yildan beri jadvalga kiritilmagan, chunki yangi qabul qilingan metropoliten qonuniga koʻra, qishloqlar mahalla maqomidadir.
Aladağning 31 mahallasidan 4 tasi markazda joylashgan. 4080 nafar aholi (25,7%) markaziy mahallalarda istiqomat qilib keladi. Aladağning markazdan eng chetda joylashgan mahallasi 106.km uzoqlikda joylashgan Kışlakdir. Aholisi eng koʻp boʻlgan Büyüksofulu mahallasida 1664 kishi yashaydi. 2017-yil hisobotiga koʻra, Aladağ aholisi 2,68%ga kamayganTÜİK 1 Şubat 2018 verileri.
Manbalar
Turkum:Adana tumanlari Turkum:Alifbo boʻyicha aholi punktlari