Alloma haqida Najmiddin Abu Hafsan-Nasafiy shunday yozadi: „Zunnun al-Xovasiy 449-hijriy yil (milodiy 1057-yil)da 18-iyul payshanba kuni Shayx Ali ibn Ahmadas-Sankabosiy imlo qilgan hadisni eshitib olganligini rivoyat qilgan“. Manbalarda allomaning tavallud topgan yoki vafot etgan yili haqida maʼlumot keltirilmagan. Agarda u as-Sankabosiydan hadisni 449-yil (milodiy 1057-yil)da eshitganligidan xulosa qilsak, uning vafot sanasini 449-yil (milodiy 1057-yil)dan keyin deb belgilasa bo‘ladi.
Manbalar