thumb|342x342pik|2023-yilgi Gaziantep-Qahramanmarash zilzilalari uchun qoʻllab-quvvatlash xabarini chop etgan mamlakatlar.

2023-yil 6-fevralda Gaziantepda 7,8 Mw magnitudali ikkita zilzila va 9 soatdan keyin oʻsha kuni Qahramanmaroshda 7,5 Mw magnitudali zilzila sodir boʻldi. Turkiya va Suriyada sodir boʻlgan zilzilalar natijasida minglab odamlar halok boʻlgan, ayrimlar yaralangan. Zilzilalardan keyin yuzlab yer silkinishlari qayd etilgan. 2023-yilgi Turkiya-Suriya zilzilasiga gumanitar yordam koʻrsatishda koʻplab milliy hukumatlar va tashkilotlar ishtirok etdi. 80 dan ortiq davlat zilzila qurbonlariga insonparvarlik yordamini amalga oshirishni vaʼda qilgan.

Xalqaro tashkilotlar Arab ligasi Arab davlatlari uyushmasi Bosh kotib Ahmad Abu Gayt ushbu gumanitar ofatdan jabr koʻrganlarga xalqaro yordam berilishini soʻradi.

Yevropa ittifoqi 50x20px Yevropa Ittifoqining inqirozni boshqarish va gumanitar aʼzosi Yanes Lenarchič Yevropa Ittifoqining fuqarolik muhofazasi mexanizmi ishga tushganini hamda Favqulodda vaziyatlarda harakatni muvofiqlashtirish markazi Yevropadan qutqaruv guruhlarini muvofiqlashtirganini eʼlon qildi.

Birlashgan Millatlar tashkiloti Birlashgan Millatlar Tashkiloti Turkiyaga hamdardlik maktubi yubordi va BMT yigʻilishida halok boʻlganlar uchun bir daqiqalik sukut saqladi. „BMT Qochqinlar boʻyicha Oliy Komissarligi (UNHCR) Turkiya va Suriyadagi halokatli zilzilalardan jabr koʻrgan xalq bilan birdam“, — dedi BMTning Qochqinlar boʻyicha Oliy komissari Filippo Grandi.

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti 50x20px Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti Prezidenti Tedros Adhanom Gebreyesus „Bugun ertalab JSSTning shoshilinch tibbiy yordam guruhlari Turkiya va Suriyadagi zilzila oqibatida yengil jarohatlanganlarga asosiy tibbiy yordam koʻrsatish uchun harakat qilishdi“ deya xabar berdi .

NATO NATO ning Bosh kotibi Jens Stoltenberg „Biz bu dahshatli zilziladan keyin ittifoqdoshimiz Turkiya bilan toʻliq birdammiz. Prezident Erdogʻan va Tashqi ishlar vaziri Chavushoʻgʻli bilan aloqadaman. NATOga aʼzo davlatlar hozirda qoʻllab-quvvatlashga safarbar qilingan“ deb maʼlumot berdi.

Turkiy davlatlar tashkiloti Turkiy davlatlar tashkiloti zilzilalarda hayotdan koʻz yumganlarga hamdardlik bildirdi va Turkiyan bilan hamdard ekanliklarini maʼlum qildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo va kuzatuvchi davlatlar tomonidan amaliy yordam Afgʻoniston Islom Amirligi (IEA) zilzila qurbonlariga 15 million AFN (166 ming dollar) yordam berishini maʼlum qildi.

Albaniya favqulodda qutqaruvchilar va tibbiyot xodimlaridan iborat 53 kishilik iborat guruh yubordi. Bundan avvalroq Albaniya Bosh vazir Edi Rama „birdamlik qutqaruv missiyasi“ 6-fevralda joʻnab ketishini aytgan edi. Amerika Qoʻshma shtatlari Prezidenti Joe Biden Turkiyadagi zilzilaga „AQSh tomonidan zudlik bilan javob berishga ruxsat berganini“ va „AQSh tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan gumanitar sheriklar“ Suriyada javob berayotganini aytdi. Amerika Qoʻshma Shtatlari Xalqaro Taraqqiyot Agentligi (USAID) Turkiyaga ikki shahar qutqaruv guruhini yuborganini aytdi. Jamoalar VA-TF1 — 79 kishi va 6 itdan, CA-TF2 — 78 aʼzodan iborat boʻlgan.

Argentina Tashqi ishlar vazirligi bayonotiga koʻra, Janubiy Amerika mamlakatining taklifi xayriya omborlarini boshqarish, shuningdek, BMT QOQK uylarini yigʻish va ularni boshqarish boʻyicha tajribaga ega boʻlgan ijtimoiy-sanitariya, psixologik-ijtimoiy va travmadan keyingi yordam hamda logistika xodimlarini oʻz ichiga oladi. Jabrlangan odamlar uchun lagerlar va boshpanalar bunyod etish ishlari amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Argentina suvni tozalash uchun planshetlar va dezinfektsiyalash vositalarini taklif qilgan.

Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Armaniston yordam berishga tayyorligini aytgan. 2023-yil 7-fevralda Pashinyan Turkiya Prezidentlari va Suriya Prezidenti bilan telefon orqali suhbat o‘tkazdi, shundan so‘ng Armaniston hukumati Turkiya va Suriyaga qidiruv-qutqaruv guruhlar va oziq-ovqat yordami jo‘natishini tasdiqladi.

Avstraliya Bosh vaziri Anthony Albanese Turkiya va Suriyadagi tiklanishga yordam berish uchun 10 million dollarlik dastlabki gumanitar yordam mablagʻini joʻntgan. Albanese, shuningdek, ushbu mintaqadagi hozirgi paytda azob chekayotgan odamlarning qaygʻusiga hamdard ekanliklarini bildirdi. U ham Avstraliya Turkiyaga 72 kishidan iborat qidiruv-qutqaruv guruhi yuborilishini maʼlum qildi.

Avstriya Kansleri Karl Nehammer Avstriyaning Turkiyaga tabiiy ofatlarga yordam berish bo‘limidan 84 askar jo‘natishini maʼlum qildi va yordam tashkilotlari uchun 3 million yevro vaʼda qilgan.

Bangladesh dushanba kungi dahshatli zilziladan so‘ng qidiruv-qutqaruv ishlarini olib borish uchun O‘t o‘chirish xizmati va fuqarolik mudofaasi (DSCD)dan 12 kishilik qutqaruv guruhi Turkiyaga jo‘natilgan. FSCDning 12 kishilik qutqaruv guruhi Bangladesh Qurolli Kuchlari Departamenti tomonidan Bosh vazirning topshirigʻiga binoan yuborilgan qoʻshma yordam guruhi bilan birga joʻnatilish uchun tayyorgarlik qilingan. Bangladesh sodir boʻlgan dahshatli zilzila munosabati bilan 9-fevral kuni bir kunlik davlat motam eʼlon qildi. Bangladesh Turkiyaga 46 kishilik tibbiy va qutqaruv guruhini qutqaruv jihozlari, dori-darmonlar, chodirlar va oziq-ovqatlar bilan birga yubordi. Qutqaruv guruhiga Bangladesh armiyasining 24 nafar aʼzosi, Bangladesh oʻt oʻchirish xizmati va fuqarolik mudofaasining 12 nafar xodimi hamda bir jurnalist bilan birga 10 nafar tibbiyot mutaxassisi kiradi. Qutqaruv guruhiga Bangladesh armiyasining podpolkovnik Md Ruhul Amin, PSC boshchilik qiladi. Ular Turkiyaga Bangladesh havo kuchlari C-130J transport samolyoti bilan jo‘nab ketishdi. 10-fevral kuni jamoa vayronalar ostidan 17 yoshli qizni tiriklayin chiqarib oldi. Turkiyaning Dakkadagi elchixonasi Bangladesh xalqini Turk Havo Yoʻllari koʻmagida TIKA (Turk hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi) kampaniyasi orqali zaruriy mahsulotlar koʻrinishida qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi. Turk Havo Yoʻllari Turkiyaga yordamni bepul yetkazishni taklif qildi va Bangladesh hukumati gumanitar yordamning tez yetkazib berilishini taʼminlash uchun bojxona talablarini bajarishda yordam beradi. Bangladesh, shuningdek, Bangladesh havo kuchlarining C-130J transport samolyotida zarur miqdordagi chodir, adyol va quruq oziq-ovqatdan iborat 11 tonna gumanitar yordam va dori-darmonlarni Suriyaga yubordi.

Belgiya tibbiy yordam koʻrsatish uchun B-FAST guruhini yubordi. Flamand bosh vaziri Jan Jambon yordam uchun 200 ming yevro vaʼda qildi. Flandriya Jan Jambon, Flandriya Prezidenti Belgiyadagi Vazir-Prezidenti yordam uchun €200 000 vaʼda qildi Flamand Qizil Xoch jamiyati oʻz mablagʻlarining 200 000 yevrosini joʻnatdi.

Birlashgan arab amirliklari Turkiyada dala kasalxonasini tashkil etishga vaʼda bergan edi. Prezident Muhammad bin Zoid Al Nahayon zilzila oqibatlarini bartaraf etish uchun Turkiya va Suriyaga umumiy qiymati 100 million dollar (har biriga 50 million dollar) miqdorida yordam paketini taqdim etishni buyurdi.

Bolgariya dagi Turkiyaning elchisi Aylin Sekizkökning soʻzlariga koʻra, mamlakat yordam taklif qilgan birinchilardan boʻlib aytgan Ozarbayjondan keyingi ikkinchi oʻrinda turadi. Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida birinchilardan boʻlib tibbiy qutqaruv guruhlarini, shu jumladan Bolgariya Harbiy-havo kuchlarining ikkita C-27J Spartan samolyotini, Harbiy tibbiyot akademiyasi tibbiy guruhi, yongʻin xavfsizligi va aholini muhofaza qilish xizmati va Sofiya munitsipaliteti yordamini taklif qildi. Shunga koʻra, Ichki ishlar vazirligi 78 nafar oʻt oʻchiruvchi va qutqaruvchini qutqaruv vositalari, itlar va 20 ta texnika bilan, Bolgariya Qizil Xoch jamiyati esa Togʻli qutqaruv xizmatidan 12 nafar qutqaruvchi va besh itdan iborat qidiruv-qutqaruv guruhi, Mudofaa vazirligining Harbiy tibbiyot akademiyasidan 4 nafar jarrohlar guruhi va Sofiya shahar maʼmuriyati Favqulodda vaziyatlar boʻlimining 16 nafar qutqaruvchisini yubordi. Yordam jamoalari Adana Shakirpasha aeroportiga Bolgariya havo kuchlarining C-27J Spartan samolyotlari orqali amalga shirilgan beshta parvozlar orqali, oʻt oʻchiruvchilarning bir qismi Plovdivdan quruqlik orqali 21 ta tez yordam mashinasi bilan yetib borishgan. 9-fevral kuni havo orqali qo‘shimcha 20 ta o‘t o‘chiruvchi, Sofiyadagi kasalxonalar va shahar tez yordam xizmatidan 30 nafar ko‘ngilli shifokorlar, hamshiralar va feldsherlar yuboriladi.

Bosniya va Gersogaviniya Xavfsizlik vaziri Nenad Nešićning aytishicha, Bosniya va Gertsegovina yordam koʻrsatish uchun 50 nafar fuqarolik mudofaa agentini yuboradi. Buyuk Britaniya

tashqi ishlar vaziri James Cleverly, 76 nafar qidiruv-qutqaruv mutaxassisi, uskunalari va qutqaruv itlarining Gaziantepga yetib borishini aytdi. Buyuk Britaniya Suriyada faoliyat yurituvchi Oq dubulgʻalilar tashkilotiga 3,8 million funt sterling yubordi va yana 3 million funt sterling berishga vaʼda qildi. Premer-liga Favqulodda vaziyatlar qoʻmitasiga xayriya qildi. Sharqiy London masjidi Buyuk Britaniyaning Islomiy yordam, Diyanet va boshqa xayriya tashkilotlari bilan hamkorlikda zilzila qurbonlari uchun 60 000 funt sterling jamgʻardi.

Braziliya Itamarati zilziladan jabr koʻrgan aholiga gumanitar yordam koʻrsatayotgani haqida rasmiy kommyunikeda eʼlon qilgan.

Daniya Taraqqiyot boʻyicha hamkorlik vaziri Dan Jørgensen Daniya hukumati Suriya va Turkiyaga asosiy gumanitar yordam uchun 30 million DKK (4 million yevro) ajratishini aytdi. Favqulodda vaziyatlarni muvofiqlashtirish uchun sunʼiy yoʻldosh va elektron uskunalarga ega 12 kishilik Daniya-Finlandiya-Shvetsiya Texnik yordam va qoʻllab-quvvatlash guruhi Turkiyaga joʻnatildi.

Eron Prezidenti Ebrahim Raisi Eron „zudlik bilan yordam“ berishga tayyorligini maʼlum qildi. Tashqi ishlar vazirligi voizi Nasser Kanaani, Eron qoʻshnimiz Turkiya va Suriyaga sogʻliqni saqlash va yordam guruhlarini yuborishga tayyorligini bildirdi. U yordamni „axloqiy, insoniy va islomiy masʼuliyat“ deya taʼriflagan. Eron 7-fevral kuni Suriyaga 45 tonna dori-darmon, oziq-ovqat, chodir va adyol yetkazib berdi. Suriya fuqaro aviatsiyasi boshqarmasi boshlig‘i Bassem Masurning aytishicha, samolyotlar yuk ortlangan holda gumanitar yordam sifatida yetib kelmoqda.

Estoniya Bosh vaziri Kaja Kallas Estoniya shahar qidiruv-qutqaruv va tibbiy guruhlarni yuborishga tayyorligini aytgan.

Falastin ning Suriyadagi elchisi 8 nafar falastinlik qochqin, jumladan, uch nafar bola halok bo‘lganini maʼlum qildi. Prezident Mahmud Abbos mamlakatning Damashqdagi elchixonasiga qurbonlarning oilalarini qo‘llab-quvvatlash uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarni taqdim etishni buyurdi. Falastin maʼmuriyati Suriya va Turkiyaga fuqarolik mudofaasi hamda tibbiy guruhlardan iborat ikkita gumanitar missiya yuborishi rejalashtirilgan.

Filippin Prezident Bongbong Marcos Filippinning 85 nafar xodimi, jumladan Milliy Mudofaa Departamenti va Metro Manila taraqqiyot boshqarmasi tibbiyot xodimlari va muhandislari chorshanba kuniyoq Turkiyaga uchishga tayyorligini aytdi.

Finlandiya Prezidenti Sauli Niinistö Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanga maktub yoʻllab hamdardlik bildirdi. Bosh vazir Sanna Marin ham Twitterʼda hamdardlik bildirdi. Taraqqiyot hamkorlik va tashqi savdo vaziri Ville Skinnari Finlandiya hukumati Suriya va Turkiyaga asosiy gumanitar yordam uchun 1 million yevro ajratishini aytgan. Favqulodda vaziyatlarni muvofiqlashtirish uchun sunʼiy yoʻldosh va elektron uskunalarga ega 12 kishilik Daniya-Finlandiya-Shvetsiya Texnik yordam va qoʻllab-quvvatlash guruhi Turkiyaga joʻnatildi.

Fransiya Ichki ishlar vaziri Gerald Darmaninning aytishicha, Fransiya 139 nafar fuqaro xavfsizligini qutqaruvchi xodimlarni yuboradi. Fransiya suriyaliklar uchun BMT va nohukumat tashkilotlari orqali tarqatiladigan 12 million yevro miqdoridagi yordam pulini berishga vaʼda berdi.

Germaniya