Etik kiygan mushuk () — „Shrek“ mediafranshizasining asosiy qahramonlaridan biri. Mushuk birinchi marta „Shrek 2“ (2004) multfilmida paydo boʻlgan: syujetga koʻra, Mushuk Shrekni oʻldirish uchun yollangan boʻladi ammo jangda magʻlub boʻlib, Shrek tarafga oʻtadi va uning sodiq doʻstiga aylanadi. „Shrek Uchinchi“ (2007) filmida Mushuk Shrekga Far Away qirolligi uchun taxtga merosxoʻr topishga yordam beradi, „Shrek Forever After“ (2010) multfilmida, muqobil olamda, ortiqcha vazn bilan Mushuk malika Fionaning uy hayvoni sifatida paydo boʻladi. Qahramonning hikoyasi „Etik kiygan mushuk“ (2011) filmida ko‘rsatilgan. Shuningdek, Mushuk Netflix'ning „Etik kiygan mushuk sarguzashtlari“ (2015 — 2018) filmining bosh qahramoni hisoblanadi. Qahramon 2022-yilda „Etik kiygan mushuk 2: Soʻnggi tilak“ filmida qaytdi.

Etik kiygan mushuk, ayni nomdagi ertak qahramoniga asoslangan. Qahramonning qiyofasini yaratishda dizayner Tom Hester uni haqiqiy mushukka oʻxshatishga harakat qilgan. Mushukning xarakterini va xatti-harakatlarini ishlab chiqishda multfilm yaratuvchilari Zorro va Indiana Jones qahramonlaridan ilhomlangan. Qahramonning „Shrek“ filmlaridagi debyutidan soʻng, ijodkorlar Mushukni u haqidagi alohida multfilmlarning bosh qahramoniga aylantirish gʻoyasini oʻylab topishgan. Antonio Banderas multfilmlarning ingliz, ispan va italyan talqinlarida Mushukka ovoz bergan. Dastlab u dublyaj paytida baland ovozdan foydalanishga harakat qilgan, lekin „Shrek 2“ ijodkorlari bilan birgalikda odatdagi ovozidan farqli oʻlaroq chuqur ohangni tanlagan. Banderasning soʻzlariga koʻra, Etik kiygan mushukning ovozi uning faoliyatining muhim qismiga aylangan. „Etik kiygan mushuk“ filmida Mushukka Eric Bauza ovoz bergan, rus tilidagi filmlar va seriallarning („Soʻnggi tilak“ dan tashqari) dublyajini esa Vsevolod Kuznetsov ijro etgan.

Qahramon asosan ijobiy sharhlar qabul qilgan. Sharhlovchilar Mushukning obrazini yaxshi qabul qilishgan va uning „Shrek“ franshizasi qahramonlari orasida mashhurligini taʼkidlaganlar. Shu bilan birga, tanqidchilar mushuk koʻzlari orqali dushmanlarning „rahmini keltirish“ qobiliyatiga eʼtibor qaratdilar. Banderasning ovozli ijrosi ham yuqori baholandi. Bundan tashqari, qahramon obrazi asosida mahsulotlar ishlab chiqarildi.

Yaratilishi

Konsepsiyasi, yaratilishi va rivojlanishi Qahramon xuddi shu nomdagi ertakning asosiy qahramoniga asoslangan. Qahramonlar dizayneri Tom Hester mushukning tashqi koʻrinishini „Shrek“ rejissyori Endrew Adamson va maxsus effektlar boʻyicha supervayzer Ken Bilenberning mushuklari asosida yaratgan. Mushuk ovozi uchun Antonio Banderas tanlanganidan soʻng, Shrek animatorlari qahramonning xarakteriga ilhom izlab, Banderasning „Zorro niqobi“ (1998) filmidagi rolini tahlil qilishga kirishishgan. Banderas ijro etgan Zorro rolidan ilhomlangan multfilm yaratuvchilari Ispaniyani (ertakdagi kabi Italiya oʻrniga) Mushukning ona Vataniga aylantirishga qaror qilishgan. Qahramonning harakatlarini jonlantirishda, animatorlarga Mushukning moʻynasi, kamari va shlyapa parining animatsiyasi uchun yangi dasturiy vositalar kerak boʻlgan.

„Shrek 2“ (2004) multfilmi ustida ishlagan Chris Miller, Mushukning xarakteri tomoshabinlar bilan birga oʻziga ham yoqqanini aytdi: u va ishlab chiqarishda ishtirok etganlarning barchasi filmga Mushuk tasvirlangan koʻproq sahnalarni qoʻshmoqchi boʻlgan. Miller personajni Shrekning „haqiqatan ham ajoyib“ va shiddatli yordamchisi deb taʼriflagan. U va multfilmning boshqa ijodkorlarida Mushukning hikoyasi qanday bo‘lishi va nega u ispancha talaffuzga ega ekanligi haqida savollar tugʻilgan. Millerning soʻzlariga koʻra, Mushukni yaratish va tasvirlash juda qiziqarli boʻlgan va personajning oʻzi filmga katta taʼsir koʻrsatib, eng esda qolarli qahramonlardan biriga aylangan. Kino operatorining qo‘shimcha qilishicha, Mushuk Millerga doim yoqqan va qahramonning tarixini ochishga qiziqqan. Mushuk Shrek haqidagi filmlarda tafsilotlarga berilmasdan qandaydir „katta sarguzasht“ haqida qayta-qayta eslatib oʻtadi va Miller uning tarixi (masalan, etiklari qayerdan kelgani) ustida ishlamoqchi boʻlgan. Rejissyor Mushukni franshizadagi o‘zining sevimli qahramoni deb atagan, Mushuk har doim boshqa qahramonlardan ajralib turadi va unga Banderasdan boshqa hech kim ovoz berishini tasavvur ham qila olmasdi. Mushuk personaji yaratilishidan koʻp oʻtmay Banderasga unga ovoz berish taklifi berilgan. Miller aktyorning ijrosi yorqin ekanligini taʼkidlagan.

2004-yil Cannes kinofestivalida „DreamWorks Animation“ asoschisi Jeffrey Katzenberg Mushukning tomoshabinlar orasida mashhurligini payqab, „Shrek“ning qolgan qismida personajdan foydalanish va bosh qahramoni Mushuk boʻlgan multfilm yaratish haqida o‘ylay boshladi. Katzenberg Mushuk goʻyo franshizadagi debyutidan soʻng darhol oʻz filmini suratga olishni „yolvorib“, oʻzi paydo boʻlgan har qanday sahnani „oʻgʻirlaydi“ deb hisoblagan. "Etik kiygan mushuk" (2011) rejissyori Miller, personaj alohida filmga mos ekanini bilar edi va Banderas bu rolni tezda qabul qilganidan xursand boʻlgan. Miller „DreamWorks“ kompaniyasining Mushukning alohida multfilmini yaratish qaroridan va uni ishlab chiqarishga hissa qoʻshganidan mamnun edi. Shuningdek, u Mushuk haqida alohida filmini yaratish gʻoyasi „Shrek“ franshizasini ishlab chiqayotgan paytdan boshlab paydo boʻlganini tan oldi. Multfilm ijodkorlari dastlab tirik mushuklarni studiyaga olib kelib, etik kiygan Mushukka nusxa ko‘chirmoqchi bo‘lgan, biroq „DreamWorks“ xodimlari uning o‘rniga YouTubedaʼgi mushuklar tasvirlangan videoroliklardan foydalanishni taklif qilishgan. Millerning soʻzlariga koʻra, ushbu videoxosting ilhom uchun manba boʻlib, uni rejissyorlar mushuklar bilan boʻlgan shaxsiy tajribalari bilan birlashtirgan. Uning aytishicha, mushuklar oʻzlarini qanchalik jiddiy qabul qilishmasin, ular hech qachon oʻzlarining asl tabiatiga qarshilik koʻrsata olmaydilar va misol sifatida u filmdagi „Etik kiygan mushuk“ oddiy mushukdek murillay boshlagan sahnani keltirdi .

„Etik kiygan mushuk“ multfilmi yaratuvchilari boshidanoq qahramonning alohida bir katta hikoyasi talab qilinishini bilishgan. Dastlab, boʻlajak filmning syujeti klassik ertakning erkin moslashuvi boʻlib, Mushuk va tegirmonchining uchta oʻgʻlini oʻz ichiga oladi, deb oʻylangan. Biroq, keyinchalik, rejissyorlar, Mushuk kabi mashhur personajga koʻproq mos keladigan kengroq miqyosda hikoya qilingan butunlay yangi syujet yaratishga qaror qilishdi. Qahramonning yaratilishiga Spaghetti Western janri va tuzilishi ham taʼsir koʻrsatdi hamda Mushukning xarakteri va xatti-harakati uchun ilhom manbai sifatida „katta ekran afsonalari“ dan foydalanildi. Ushbu „afsonalar“ dan biri Clint Eastwood xarakteridan Miller Mushuk prototiplaridan birini yaratgan edi. U Eastwoodni kinoning klassik arboblaridan biri deb atagan va kuchli xarizmaga ega deb hisoblagan. Rejissyorning fikricha, Eastwodda ham „mushuklarga hos nimadir bor“. Ilhom sifatida Indiana Jonesning „sarguzashtga boy ishtiyoqi“, James Bond va Errol Flynnning obrazlari ishlatilgan. Bundan tashqari, Millerning soʻzlariga koʻra, mushukning yaratilishiga unga ovoz bergan Banderas ijro etgan Zorro obrazi va uning shaxsiyati multfilm yaratuvchilari tomonidan qabul qilingan koʻplab qarorlarga kuchli taʼsir koʻrsatdi . Millerning taʼkidlashicha, Mushuk va Banderas xarakteri oʻrtasidagi farqni sezish juda qiyin.

Qahramon uchun yaratilgan alohida multfilmda ijodkorlar Mushukning hikoyasini yanada „ogʻir“ qilishga qaror qilishdi; ular haqiqatan ham „mushukning yuragini sindirish“ muhim deb oʻylashdi va tavba yoʻlidan oʻtishini hamda oʻzining yaxshi nomini poklashini xohlashdi. Millerning soʻzlariga koʻra, ijodkorlar Mushukni aldangan va xiyonat qilingandek tasvirlashlari mumkin edi, lekin ular Mushukni ayblanuvchi sifatida koʻrsatishga qaror qilishdi. Filmda bankni oʻgʻirlash Mushukning rejalariga kirmagan boʻladi ammo qoralanishdan qoʻrqib qochib ketadi, lekin film oxirida Mushuk oʻzining xatti-harakatlari uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olishiga toʻgʻri keladi. Chrisning taʼkidlashicha, Mushukning boshqalarning faqat yaxshi tomonlarini koʻrish xislati va doʻstlashish istagi uni muammolarga duch keltiradi. Mushukning hikoyasi nima uchun „sokin“ hayot tarziga qaramay qochib ketganini va uning yuragi va ongidagi ogʻir yukni koʻrsatish uchun moʻljallangan edi. Millerning soʻzlariga koʻra, Mushuk filmdagi obrazini talqin qilish nuqtai nazaridan ancha ochiq personaj — film ijodkorlari uning hayotidan dramatik voqea yaratishda foydalangan Mushuk hamma narsaga dramatik tus qoʻshadi. Uning qoʻshimcha qilishicha, ogʻir dramatik mavzular qahramonga juda mos keladi, bu uning sayohatini tavba hikoyasiga aylantiradi, bunda u „qalbida chandiq bilan qorongʻu yoʻldan yuradi“ va bir paytlar bor narsasini qaytarib olishni, oʻtmishdagi gunohlardan oʻzini poklashni xohlaydi. Millerning taʼkidlashicha, yopinchiqli Mushuk surati „shahar afsonasi“ ga aylangan, chunki u tez-tez reklama materiallarida yopinchiq kiyib yurgan, lekin filmlarda umuman yopinchiqda paydo boʻlmagan. Millerning so‘zlariga ko‘ra, Mushukning yopinchigʻi „Mushuk uni kiyib yurishda davom etishi uchun juda qimmat“ va „shunchalik katta“ ediki, kino ijodkorlari „Shrek 2“ filmidagi kabi Mushukka qisqa vaqt uchun yopinchiqni kiyintirishga qaror qilishdi. Chris Miller mushukning „bahaybat katta koʻzlari“ tomoshabinlarga yoqishini his qilgan. Multfilmning ijrochi prodyuseri Gilermo del Toroning aytishicha, „Etik kiygan mushuk 2“ filmida ular Mushukni butunlay boshqa, ekzotik mamlakatga yuborishni rejalashtirgan, chunki Miller tasvir „Shrek“dan farqli oʻlaroq vizual jihatdan boshqa dunyoda bo‘lishini xohlagan.

Dug Langdale „Etik kiygan mushukning sarguzashtlari“ (2015-2018)ning bosh prodyuseri film boshqa filmlarga qaraganda Mushuk bilan koʻproq urush sahnalarga ega ekanligini taʼkidladi; filmda u koʻproq qilichboz ustasiga oʻxshab tasvirlangan, shuningdek, tez-tez „qoʻshimcha panja zarbalari“ dan foydalanadi. Leangdalening aytishicha, u Mushukning ilk hayoti haqida serial yaratmoqchi boʻlgan, bunda faqatgina Mushuk oʻzini afsona deb hisoblagan va u buni koʻproq isbotlashi kerak boʻlgan; shunday qilib, multserialning voqealar rivoji yakkaxon multfilm voqealaridan oldin sodir boʻlishiga qaror qilindi. Uning soʻzlariga koʻra, Mushuk „qahramon“ boʻlganligi sababli, serialda Mushuk odamlarni qutqarishi va yovuz odamlarni magʻlub etishi aks ettirilgan. Langdalening qo‘shimcha qilishicha, qahramonning kutilmagan hikoya tafsilotlari hazil bilan ochib berilgan va Mushukning o‘zi animatsion serial voqealaridan oldin sargardon va yolg‘iz bo‘lgan. Uning taʼkidlashicha, serial voqealari Mushuk hayotidagi muhim davr boʻlib, unga boshqa odamlar bilan qanday munosabatda boʻlishni oʻrgatgan va doʻstlik hamda munosabatlarning qadrini tushunishga yordam bergan. Shuningdek, Dug tomoshabinlar mushukning xarizmasi va jozibadorligini diqqat bilan kuzatishga tayyor boʻlishini his qilgan.

Ovoz berilishi thumb| Antonio Banderas „Shrek“ franshizasi multfilmlarining ingliz, ispan va italyan versiyalarida etik kiygan mushuk ovozini ijro etgan