Zohid Abdullayev (1984-yil 25-mayda tugʻilgam, millati oʻzbek) Oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, hujumchi pozitsiyasida toʻp surgan. Bekobodning „Metallurg“ klubining eng yorqin yulduzlaridan biri hisoblanadi. Gennadiy Krasnitskiy klubi aʼzosi.

Futbolchilik faoliyati Zohid Bekobod futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Kattalar jamoasidagi faoliyatini ancha kech 23 yoshida boshlagan 2007-yil „Metallurg“ jamoasidagi tajribali mutaxasislar, Vagif Rustamov va Yakov Karpovlar uni asosiy jamoaga oldilar. Bekobod kluboda dastlabki mavsumida asosan zaxiradan maydongga tushgan boʻlsada, 21 oʻyinda 7 gol muallifiga aylanib jamoaning toʻpurarlaridan biriga aylandi. Keyinggi mavsumlarda asosiy takib aʼzosiga aylangan hujumchi, eng koʻp ishtirok etgan va doimiy eng koʻp gol urgan futbolchi sifatida qoldi. Uning yorqin oʻyinlari oliy liganing bir qator klublari qiziqishiga ham sabab boʻlgan edi.

2013-yilgi mavsumda Bekobod klubidagi 6 yillik faoliyatidan soʻng Qarshining „Nasaf“ klubi bilan shartnoma imzoladi. Bir mavsum davomida ajdarlar safida top surgan xolda oʻrta darajadagi oʻyin namoyish etdi. 2014-yilgi mavsum oldidan Fargʻonaning „Neftchi“ klubi bilan shartnoma imzoladi. ammo mavsum startida juda kam oʻyin amoliyatiga ega boʻlganligi sabali jamoani tark etdi va yozgi transfer oynasi vaqtida sobiq klubi „Metallurg“ jamoasi tarkibiga oʻtdi.

Keyinggi yillarda Zogid yana avvalgi darajasiga qaytib oʻz muxlislarini quvontirgan. 2016-yilgi mavsumda Oliy liga baxslarida 18 ta gol bilan toʻpurarlar roʻyxatida Temurxoʻja Abduxoliqovdan soʻng ikkinchi boʻldi. Yillar davomida gollari sonini oshirib borishi natijasida, 2019-yil „Gennadiy Krasnitskiy“ nomli Oʻzbekistondagi ramziy toʻpurarlar klubiga kirdi. 2022-yilgi mavsumda faoliyatini yakunlashini elon qildi. Bugungi kunda „Metallurg“ tarkibida Oliy liga baxslarida eng koʻp uchrashuv oʻtkazgan va eng koʻp gol urgan futbolchi sanaladi.

Yutuqlari

Oʻzbekiston Kubogi finalchisi: 2013 Oʻzbekiston Superligasida Uchinchi oʻrin: 2013 Gennadiy Krasnitskiy klubi aʼzosi: 110 gol

Manbalar

Havolalar

Zohid Abdullayev Transfermarkt Zohid Abdullayev OʻzPFL saytida Zohid Abdullayev Sportsru saytida Zohid Abdullayev Footballfacts saytida Zohid Abdullayev TeamsBy saytida saytida Zohid Abdullayev Footballdatabase saytida

Turkum:1984-yilda tugʻilganlar Turkum:25-mayda tugʻilganlar Turkum:Bekobodda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Bekobod kishilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futboldagi erkak hujumchilar Turkum:Metallurg Bekobod klubi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Nasaf klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistondagi futbolchilar haqidagi maqolalar Turkum:Oʻzbekiston Superligasi futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:SSSRda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston SSRda tugʻilganlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar