Ganira Pashayeva (ozarbayjoncha: Paşayeva Qənirə Ələsgər qızı; 1975-yil 24-mart, Düz Qırıqlı,Tovuz – 28-sentyabr 2023-yil, Boku, Ozarbayjon) — ozarbayjonlik siyosatchi, jurnalist, Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisi deputati.

Tarjimai holi Ganira Pashayeva 1975-yil 24-martda Tovuz tumanining Düz Qırıqlı qishlogʻida tugʻilgan. Ozarbayjon davlat tibbiyot universitetining Pediatriya fakultetini va Boku davlat universitetining Xalqaro huquq fakultetini tamomlagan. Rus va ingliz tillarini biladi.

Oʻlimi Ganira Pashayeva 23-sentyabr kuni sogʻligʻida yuz bergan jiddiy muammolar tufayli Markaziy klinik shifoxonaning jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan edi. Kelib chiqishi nomaʼlum boʻlgan gipotonik xastalik tashxisi qoʻyilgan Ganira Pashayevaning sogʻligʻi ogʻirligi sababli Markaziy klinik shifoxona tibbiyot xodimlari va Turkiyadan jalb etilgan tibbiyot mutaxassislari tomonidan barcha zarur choralar koʻrildi. 2023-yil 28-senytabr kuni Ganira Pashayeva 48 yoshida vafot etdi. Pashayeva 2023-yil 29-sentabrda İkinci Fəxri Xiyabanga dafn etilgan.

Vasiyatnoma

Pashayeva oʻlimidan soʻng oʻz tana aʼzolarini muxtoj bemorlarga topshirishni vasiyat qilib qoldirgan

Oilasi Ganira Pashayevaning Firuza ismli qizi bor.

Jurnalistlik faoliyati 1998-yildan ANS (Azerbaijan News Service) telekompaniyasida reportyor, muxbir, muharrir, katta muharrir, bosh muharrir, bosh muharrir oʻrinbosari, yangiliklar boʻlimi bosh muharriri oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

2005-yilda u Haydar Aliyev jamgʻarmasining jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritgan. Siyosiy faoliyati Ganira Pashayeva Ozarbayjon Respublikasi Milliy Majlisining III, IV, V va VI chaqiriqlari deputati. Milliy Majlisning Madaniyat qoʻmitasi raisi.

Somalidagi shifokorlik faoliyati 2012-yilda Somalida ikki hafta pediatr sifatida faoliyat yuritgan va mahalliy aholiga yordam bergan.

Mukofotlari Ganira Pashayeva Gurjistonning faxriy fuqarosi. Oshiq Alasgar 200 yilligi yubiley medali bilan taqdirlangan (29.12.2021). 2011-yil 30-sentabrda „İslahatçı Gənclər“ ijtimoiy birligi tomonidan Ganira Pashayeva „Xəzər“ milliy mukofoti bilan taqdirlangan.

Kitoblari „Nobel mükafatlı qadınlar“. Boku: „Elm və təhsil“ nashriyoti. 2009-yil. 456 sahifa. 1000 nusxa. „Tarixə adını yazan qadınlar“ 3 jild. Boku: Ozan, 2011. „Xocalı soyqırımı (26-fevral 1992): şahidlərin dilindən “. H. Mammadova bilan birga. Boku. „Elm və təhsil“ nashriyoti, 2011. „Səndən sonra“. Tabriz. 2020. „Türk ruhunun söz bayrağı Əhməd Cavad“. Filmografiyasi „Apreldən əvvəl may… Azərbaycan Xalq Cümhuriyyəti“ (film, 2001) „Erməni soyqırımı. Türkün sözü“ (film, 2001) „Mənə inanın!“ (film, 2007) „Ruhum qarabağlıdır“ (film, 2012)

Manbalar

Havolalar

Turkum:Ozarbayjonlik ayol jurnalistlar Turkum:Ozarbayjonlik siyosatchi ayollar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar