Ushbu roʻyxatda Instagram ijtimoiy tarmogʻiga joylangan surat va videolar boʻyicha eng koʻp „like“ toʻplagan 20 ta post keltirilgan.
2023-yil yanvar oyidagi eng ko‘p like to‘plagan post argentinalik futbolchi Lionel Messi va uning jamoadoshlarining 2022-yilgi FIFA Jahon chempionatidagi g‘alabasini nishonlayotgan surati bo‘lib, uni 75 milliondan ortiq „like“ toʻplagan. 2022-yil 18-dekabrda yuklangan postda Messi finalda Argentina terma jamoasining Fransiya ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘zining birinchi Jahon kubogi sovrinini qo‘lga kiritgani ko‘rsatilgan. Bu surat shuningdek, barcha ijtimoiy media platformalarida eng koʻp tarqalgan postdir.
Joriy rekord
2022-yilning 18-dekabr kuni futbolchi Lionel Messi Argentina terma jamoasi bilan 2022-yilgi Jahon chempionatida g‘alaba qozonganidan so‘ng jamoadoshlari bilan FIFA Jahon chempionati kubogini ko‘tarib, nishonlayotgani tasvirlangan suratlarini joylashtirdi va post joylangan dastlabki 39 daqiqasida 10 million „like“ yigʻishga erishdi. Ertasi kuni bu post joylashtirilgandan keyin birinchi 24 soat ichida 50 million like to‘plagan holda Instagramdagi eng ko‘p like to‘plangan postga aylangan va Cristiano Ronaldoning rekordini yangilagan. 2022-yil 19-noyabrda u va Messi shaxmat o‘ynagan surati, 42 million „like“ toʻplashga erishgan edi. 2022-yil 20-dekabrda post 56 milliondan ortiq „like“toʻplagan holda, @world record egg rekordini ortda qoldirgan. Messi postni eʼlon qilganidan soʻng 48 soat ichida Instagramda 64 milliondan ortiq like toʻplagan holda YouTubeʼdagi eng koʻp like toʻplangan post, musiqiy videoni ortda qoldirib, barcha ijtimoiy media platformalarida eng koʻp like toʻplagan ijtimoiy tarmoq postiga aylangan.
Eski rekord 2019-yilning 4-yanvarida @world_record_egg akkauntida tuxum surati joylashtirilgan, bu surat o‘sha paytda Instagramdagi eng ko‘p like to‘plagan Kylie Jenner suratini ortda qoldirgan. Tuxumning surati dastlab Serghei Platanov tomonidan olingan boʻlib, uni 2015-yil 23-iyun kuni Shutterstock nashriga „oq fondagi tuxumlar“ sarlavhasi bilan joylashtirgan. @world_record_egg akkauntini yaratuvchisi Chris Godfrey hisoblanadi. 2019-yilning 14-yanvarida tuxum posti Instagram’da eng ko‘p like to‘plangan postga aylangan, tuxum akkaunti egasi unga „Aqldan ozish mumkin“ deb yozgan.
Top 20ta post № Foydalanuvchi Egasi Post haqida Post Layklar(million) Sanasi(UTC) 1 Postda Lionel Messining FIFA 2022 Jahon Kubogini yutgandan keyingi ilk surati tasvirlangan 75.0 2022-yil 18-dekabr 2 Suratda tuxum tasvirlangan 59.4 2019-yil 4-yanvar 3 Lionel Messi FIFA Jahon Kubogi bilan yotoqda tushgan surati 54.6 2022-yil 20-dekabr 4 Cristiano Ronaldo va Lionel Messining Louis Vuitton taxtasida shaxmat oʻynagan surati 42.7 2022-yil 19-noyabr 5 Lionel Messining FIFA Jahon Kubogi bilan samalyotda tushgan surati 41.9 2022-yil 19-dekabr 6 Al Nassr FC Cristiano Ronaldoning Al Nassr FCga oʻtishi toʻgʻrisidagi surat 34.4 2022-yil 30-dekabr 7 2022 FIFA Jahin Kubogi gʻolibligini nishonlash surati 34.3 2022-yil 21-dekabr 8 Portugaliya 2022 FIFA Jahon Kubogidan chiqib ketgandan keyingi surat 34.2 2022-yil 11-dekabr 9 Lionel Messi va Cristiano Ronaldoning Louis Vuitton taxtasida shaxmat oʻynagan surati 32.9 2022-yil 19-noyabr 10 Ularning egizak farzandli boʻlishi toʻgʻrisidagi surat 32.7 2021-yil 28-oktyabr 11 Peléning xotirasiga bagʻishlangan surat 32.2 2022-yil 29-dekabr 12 Oʻlimidan oldin joylagan surati 30.9 2018-yil 19-may 13 2022 FIFA Jahon Kubogi doirasida Xorvatiya terma jamoasiga qarshi oʻyindan soʻngi surat 29.7 2022-yil 14-dekabr 14 Cristiano Ronaldoning Al Nassr FC fan klubiga tanishtiruvdagi surati 27.9 2023-yil 3-yanvar 15 PSG va Riyadh XI oʻrtasidagi oʻrtoqlik oʻyinidagi surat 27.5 2023-yil 19-yanvar 16 Ariana Grandening Dalton Gomezning toʻyida tushgan surati 26.3 2021-yil 26-may 17 Pelé xotirasiga bagʻishlangan surat 25.9 2022-yil 29-dekabr 18 Tom Hollandning tugʻilgan kunida tushilgan surat 25.8 2022-yil 1-iyun 19 Spider-Man ishorasi memini qayta yaratish haqidagi surat 24.9 2022-yil 23-fevral 20 Ikkinchi homilasi haqidagi surat 24.8 2021-yil 8-sentabr Manbalar
Turkum:Instagram