Abu Bakr Ahmad al-Arbinjiy ( — Abu Bakr Ahmad ibn Muhammad ibn Muso ibn Rajo al-Arbinjiy) — hanafiy faqihi.

Abu Bakr al-Arbinjiy ashob ar-ray faqihlaridan bo‘lib, Arbinjan qoziligida faoliyat olib borgan. Unda va uning rivoyatlarida kamchilik bo‘lmagan. Abu Bakr Ahmad al-Arbinjiy otasi va Horun ibn Sohib al-Arbinjaniylardan hadis rivoyat qilgan. O‘z navbatida, undan o‘g‘li Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad, Abu-l-Abbos Ato ibn Ahmad al-Arbinjaniy va Abu Saʼd al-Idrisiylar rivoyat qilganlar.

Adabiyotlar

Yoqut. Mu’jam. — Misr: „As-Saʼoda“, 1906. I, 176; As-Sam’oniy. Al-Ansāb. — Bayrut: „Dor al-jinon“, 1988. I, 89; Al-Qurashiy. Al-Javāhir al-muziyya. — Karotash: „Maktaba Mir Muhammad“. I, 122; Abdulkarim as-Sam’oniy. Nasabnoma. — T.: „Hilol-nashr“, 2017. 160.

Manbalar