Abu Aruba ( — Abu Aruba al-Husayn ibn Muhammad ibn Mavdud al-Harroniy) — muhaddis, adib, muarrix.

As-Sulamiy va al-Jazariy nisbalari bilan ham zikr qilinadi. 850-851-yil (hijriy 236-yil)da hadis ilmidan tahsil ola boshlagan.

Taʼlimi Al-Jazira, Damashq va Iroq kabi mamlakatlarga safar qilib, Muhammad ibn Horis ar-Rofiqiy, Ismoil al-Fazoriy, Abduljabbor ibn Alo, Muhammad ibn Saʼid al-Ansoriy, Abu Yusuf as-Saydaloniy, Muhammad ibn Zanbur al-Makkiy, Amr ibn Usmon al-Himsiy, Abu Nuaym al-Halabiy va boshqa muhaddislardan ilm o‘rgangan. Abu Arubadan Ibn Hibbon, Ibn Adiy, Ibn as-Sunniy, Abu-sh-Shayx, Hokim al-Kabir, Abu Muslim Abdurrahmon al-Bag‘dodiy kabi taniqli muhaddislar hadis rivoyat qilganlar.

Ibn Adiy Abu Aruba hadis va muhaddislarni yaxshi bilgani va u harronliklarning muftiysi bo‘lganini aytadi. Al-Hokim al-Kabir esa, uni o‘zi ko‘rgan muhaddislar ichida eng ishonch­lisi, hofizasi eng yaxshilaridan biri, hadisdan tashqari fiqh va kalom ilmini ham yaxshi bilgan olim sifatida zikr qiladi. Ibn Asokir uni shia ekanini taʼkidlab, umaviylarga qarshi bo‘lganini aytgan. Az-Zahabiy bu daʼvoning asossiz ekanini taʼkidlaydi.

Vafoti Abu Aruba to‘qson olti yoshda olamdan o‘tgan.

Adabiyotlar

„At-Tabaqāt“. Mazkur asar „At-Tarӣx“ nomi bilan ham zikr qilinadi. „Al-Amsāl as-sāira ’an Rasӯlillah“. „Ahādӣs Abӯ Arӯba al-Harrānӣ“. „Hadӣs“. „Al-Jazӣra“ yoki „Tarӣx“ va „Tarӣx Harrān“ nomlari bilan ham zikr qilingan. „Al-Avāil“. „Hadӣs al-jazariyyӣn“. „Kitāb al-ahkām“. „Kitāb shavāhid ash-shi’r“ va boshqalar.

Adabiyotlar

Ibn Adiy. Al-Kāmil. I, 147; Ibn an-Nadim. Al-Fihrist. 286; Yoqut Hamaviy. Mu’jam. II, 236; Az-Zahabiy. Siyar. XIV, 510-512; Az-Zahabiy. Tazkira al-huffāz. II, 774-775; Yofi’iy. Mir’āt al-jinān. II, 277; Hoji Xalifa. Kashf az-zunӯn. I, 163, 280; Ibn Hajar. Al-Isāba, III, 1235; Ibn al-Imod. Shazarāt az-zahab. II, 279; Kahhola. Mu’jam al-muallifӣn. IV, 60; Sezgin. GAS. I, 176; F. Rosenthal. „Abū ʿArūba“. EI2 (Fr.). I, 109; M. Yaşar Kandemir. „Ebû Arûbe“. TDV İA. — İstanbul: 1994. X, 99.

Manbalar