Аbubakr Kisoiy Dinavariy – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Iroq yaqinidagi Dinavar qishlogʼida tugʼilgan. Junayd Bagʼdodiy suhbatidan bahramand boʼlgan. Аbulxayr Аsqaloniyning guvohlik berishicha, Аbubakr Kisoiy uxlagan paytida koʼksidan Qurʼon oyatlari eshitilarkan. Аlisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilann bogʼliq bobni aynan kiritgan.

Manbalar Turkum:Navoiyshunoslik