Bektemir yoʻli koʻchasi — boshlanish qismi Bektemir tumanida, Katta halqa yoʻli bilan Toshkent viloyatining Oʻrta Chirchiq tumanidagi Bektemir shaharchasi oraligʻida. Uzunligi 2 kilometrdan ziyod. Bektemir yoʻli koʻchasining Bektemir kanali oʻtadigan qismida koʻprik koʻrilgan.
Koʻcha yoʻnalishida Qoʻyliq dehqon bozori, mehmonxona, toʻyxona, maktab, yakka tartibdagi uy-joylar, savdo va avtomobillarga xizmat koʻrsatish shoxobchapari joylashgan. Bektemir yoʻli koʻchasining Husayn Boyqaro koʻchasi bilan kesishgan joyi yaqinida Bektemir tumani hokimiyati joylashgan.
Yana qarang Toshkent koʻchalari roʻyxati
Manbalar
Turkum:Koʻchalar Turkum:Toshkent koʻchalari