Özgə vaxt – 1996-yilda rejissor Hüseyn Mehdiyev tomonidan suratga olingan ozarbayjon filmi.

Syujeti Film qahramoni Leyla (Ayan Mirqasimova) uzoq yillar davomida kasal otasi (Ələddin Abbasov)ni parvarish qilib keladi. U oʻzi boshdan kechirayotgan azobli hayotga sevgilisi (Elşan Rüstəmov)ni aralashtirmaslik uchun u bilan ajrashadi. Leyla otasiga qarash uchun xizmatkor yollaydi. Hech bir xizmatkor otasining injiqliklariga dosh berolmaydi. Shundan soʻng Leyla asta-sekin yaqin doʻstlarini yoʻqotib, ishdan ketishga majbur boʻladi. U oʻzini unutib, „ota vaqti“ bilan yashaydi. Turmush tarzini asta-sekin oʻzgartiradi.

Inson tabiati oʻzgarmas, ammo ong oʻzgaruvchan va nisbiydir. Jamiyat va muhitga bogʻliq boʻlgan ong maʼnaviyat va axloqiy meʼyorlarni shakllantiradi. Hayotda insonning axloqiy qadriyatlari koʻpincha tabiatning oʻrnatilgan va doimiy asoslariga zid keladi. Bu tartibsizlik va fojiaga olib keladi.

Festivallar va mukofotlar

1) 1997-yilda Bokuda Aktrisa Ayan Mirgasimova „Boku“ jamiyatining „Humay“ mukofoti bilan taqdirlandi.

2) 1997-yil Madridda (Ispaniya) 1-xalqaro kinofestivali

Rejissyor Husayn Mehdiyev eng yaxshi rejissyorlik ishi uchun „Oltin Sevilya“ mukofoti bilan taqdirlandi. Aktrisa Ayan Mirgasimova eng yaxshi yosh aktrisa uchun Kumush Sevilya mukofoti bilan taqdirlandi.

3) 1997-yil Toshkent shahrida XII Xalqaro kinofestivali

Eng yaxshi ayol rolini ijro etgani uchun aktrisa Ayan Mirgasimova (Xitoy aktrisasi Si Meiyun bilan birgalikda) „Oltin nilufar“ mukofoti bilan taqdirlandi.

4) MDH va Boltiqboʻyi mamlakatlari kinofestivali Anapa (Rossiya)da 1997-yil Eng yaxshi ayol roli uchun mukofot aktrisa Ayan Mirgasimovaga topshirildi.

Film haqida

2016-yilda u Ozarbayjon kinosi kunlari doirasida Meksika poytaxti Mexiko shahrida namoyish etildi.

Rollarda

Ayan Mirqasimova — Leyla Ələddin Abbasov — otasi Hasən Məmmədov — shifokor Elşən Rüstəmov — Orxan Rafiq Əliyev — qoʻshni Elmira Şabanova — Orxanning onasi Zarnigar Ağakişiyeva — hamshira Narmina Zərbəliyeva Elmira Həşimzade (Elmira Hoshimzade rolida) xizmatkor Pərvin Sultonzodə Sona Babayeva İqlimə Yagubova Y. İmanov Məmmədkamal Kazimov A.Bəşirov Səidə Səfərova (S. Səfərova rolida) S. Məmmadova N. Rzayeva O. Ağayev R. Şafiyev

Manbalar

Azərbaycan Respublikası Mədəniyyət Nazirliyi. C.Cabbarlı adına „Azərbaycanfilm“ kinostudiyası. Aydın Kazımzadə. Bizim „Azərbaycanfilm“. 1923-2003-cü illər. Bakı: Mütərcim, 2004.- səh. 362; 372. Azərbaycan Milli Ensiklopediyası: Azərbaycan. Ramiz Məmmədov. Kino. Azərbaycan Milli Ensiklopediyası Elmi Mərkəzi, 2007.- səh. 816. Turkum:Dramatik filmlar