Yoʻtal siropi mojarosi Oʻzbekiston Respublikasining Samarqand shahrida joylashgan bolalar shifoxonasida 18 nafarJami 65 nafar, biroq, faqat Samarqand shahrida vafot etganlar soni 18 nafardir. Vafot etgan 18 nafar goʻdak oʻlimidan soʻng mojaro boshlangan. goʻdak oʻlimi bilan boshlangan jarayonlar toʻplamidir. Bolalar oʻlimiga Hindistonda faoliyat yurituvchi „Marion Biotech Pvt. Ltd“ kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan „Dok-1 Maks“ dori vositasi sabab boʻlgan. Laboratoriya oʻrganishlari natijasida preparat tarkibida zaharli etilenglikol moddasi aniqlangan. Hindiston hukumati „Marion Biotech“ kompaniyasiga qarshi ish ochgan boʻlsa, Oʻzbekiston rasmiylari bolalar vafot etgan kasalxona xodimlari va sogʻliqni saqlash tizimining bir qancha aʼzolariga qarshi jinoyat ishi qoʻzgʻagan.
Mamlakat hududida „Dok-1 Maks“ dori vositasini sotish va tarqatish 29-dekabr kuni rasman taʼqiqlandi. Sirop tarkibida zaharli modda borligini aniqlagan shifokor vazifasidan ozod etilgan. Kompaniya zavodlarida shu va shunga oʻxshash tarkibga ega dori vositalarini ishlab chiqarish jarayoni Hindiston hukumati taʼsiri ostida toʻxtatildi. Bu holat yuzasidan Shavkat Mirziyoyev Sogʻliqni saqlash vazirligi qoshidagi Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyevni oʻz vazifasidan ozod etdi. JSST va Oʻzbekiston rasmiylari oʻrtasida holat yuzasidan aloqalar oʻrnatilganligi, tergov ishlari hali-hanuz davom etayotgani iddao qilingan. Bojxona qoʻmitasi mojaro haqida xabarlar tarqala boshlagan kunda 60 ming qutiga yaqin dori vositalari tarqalishining oldini olgan.
2023-yil 10-yanvarda Hindiston hukumati Oʻzbekistondagi bolalar oʻlimiga sabab boʻlgan „Dok-1 Maks“ preparati ishlab chiqaruvchisi — „Marion Biotech“ kompaniyasining litsenziyasini toʻxtatdi.
Dok-1 Maks taʼsiri thumb|250px|Dok-1 Maks dori vositasi (tabletka va sirop) „Dok-1 Maks“ sirop va tabletka shaklida ishlab chiqariluvchi o‘tkir respirator kasalliklar alomatlariga qarshi kurashuvchi dori vositasi hisoblanadi. Farmatsevt mutaxassislar koʻrsatmasida dori vositasini bola 2 yoshdan oshgandan keyin qoʻllash mumkinligi koʻrsatilgan. Biroq, ushbu preparat bilan tarkib jihatidan oʻxshash boʻlgan boshqa kompaniyalar preparatlarini, asosan, 12 yoshdan keyin qoʻllashga ruxsat berilishi taʼkidlanadi. Preparatning har 10 ml. tarkibi paratsetamol (500 mg.), gvayfenezin (200 mg.), fenilefrin gidroxloridi (10 mg.), shuningdek, qoʻshimcha sifatida sorbitol propilenglikol, natriy benzoati, limon kislotasi monogidrati, natriy saxarini, sukroloza, glitserol, karamel rangi, muzdek limon taʼmi, mentol hamda tozalangan suvdan iborat. Rangi — och jigarrang, hidli va shirin limon taʼmli mazaga ega suyuqlik. Asosan koʻkyoʻtal, burun bitishi, nam yoʻtal, tomoq ogʻrigʻi, angina, bosh og‘rig‘i, tanadagi ogʻriqlar, shamollash va gripp taʼsirida yuzaga keluvchi isitma holatlarida qoʻllanadi. Oʻzbekiston hududida 2012—2022-yillar davomida savdoga chiqarilgan. Hindistonning „Marion Biotech Pvt. Ltd“ kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariluvchi ushbu dori vositasi Oʻzbekiston hududiga „Quramax Medikal“ mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan import qilingan. 2022-yilning 5-sentyabrdan 13-dekabrgacha boʻlgan oraliqda „Dok-1 Maks“ dosi vositasining 11 ta seriyasiga sertifikat berilgan.
Oʻlim holatlari qayd etilganidan keyingi laborator oʻrganishlar natijasida „Dok-1 Maks“ siropining 2022-yilgi versiyasi tarkibida etilenglikol moddasi borligi aniqlangan. Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan oʻtkazilgan sifat nazorati natijalari „Dok-1 Maks“ hamda „Ambronol“ dori vositalarining ayrim seriyalarida propilenglikol moddasi oʻrniga yoki u bilan birga etilenglikol va dietilenglikol moddalari mavjudligini koʻrsatgan. Etilenglikol zaharli moddalar qatoridan oʻrin olgan boʻlib, taxminan 1−2 ml/kg li 95 foiz konsentratsiyalangan eritmasi bemor sogʻligʻida jiddiy oʻzgarishlarni, jumladan, qayt qilish, tutqanoq, hushdan ketish, oʻtkir buyrak yetishmovchiligi hamda yurak-qon tomir tizimidagi muammolarini keltirib chiqarishi mumkin. Oʻzbekistonda 2022-yilning 22-dekabridan ushbu dori vositasining savdosi vaqtincha toʻxtatildi. Tezkor qaror yuzasidan „Quramax Medikal“ tomonidan realizatsiya qilingan tashkilotlarga xabar yuborildi.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti oʻtkazgan tergov ishlari natijasida „Marion Biotech“ tomonidan ishlab chiqarilgan yoʻtalga qarshi sirop koʻrinishida boʻlgan dori vositalari tarkibidagi etilenglikol va/yoki dietilenglikol moddalari qatʼiy belgilangan meʼyordan 300 barobar yuqoriligi aniqlangan.
Zaharlanish holatlari Samarqand viloyati bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi rahbari Mamatqul Azizovning viloyat hokimligi Sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Davronbek Jumaniyozovga yoʻllagan 15-dekabrdagi rasmiy xatida „Dok-1 Maks“ bilan bogʻliq fojiaviy holatlar „soʻnggi 2 oyda“ roʻy berayotgani qayd etilgan.
Sirdaryo viloyati SSB boshligʻi oʻrinbosari Oltinoy Esanova preparat yetti nafar bolaga salbiy taʼsir qilganligi haqidagi xabarni maʼlum qildi. Bemorlarning 3 nafari jonlantirish boʻlimida boʻlsa, 4 nafari sogʻayishga erishgan. Maʼlumotda ota-onalarga „Dok-1 Maks“ dori vositasini qabul qilgan 6 yoshgacha boʻlgan bolalarda hech qanday nojoʻya taʼsirlar boʻlmasa ham, oilaviy shifoxonalarga murojaat qilishlari kerakligi taʼkidlangan.
Farg‘ona viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Abduqayum Toʻxtaqulov Milliy axborot agentligiga bergan xabarida viloyatda 3 yoshli bola „Dok-1 Maks“ dori vositasi taʼsirida zaharlanganini maʼlum qildi. U oʻz xabarida Quvasoy shahridan boʻlgan ushbu bemorning ahvoli ogʻirligi, hozir maxsus tasdiqdan oʻtgan standartlar asosida davolanayotganini taʼkidlagan. Toʻxtaqulov, shuningdek, ota-onalarga bu kabi dori vositalaridan bolalarini uzoqda tutishlarini, ularni farzandlariga bermasliklari kerakligini aytib oʻtgan.
Toshkent viloyatida ham 9 nafar bolaning zaharlangani haqida xabarlar tarqaldi. Viloyat hokimligining xabar berishicha, shu kunga qadar viloyatda „Dok-Maks“ dori vositasi ortidan oʻlim holati qayd etilmagan. OAVda viloyatdagi zaharlanish holati kuzatilgan bolalarning 5 nafari sogʻaygani, 4 nafarining ahvoli esa barqarorligi maʼlum qilingan.
Qoraqalpogʻiston SSV vaziri oʻrinbosari Akmal Asqarov „Qaraqalpaqstan“ telekanali muxbiri bilan boʻlgan suhbatda respublika hududida 2 nafar bola „Dok-1 Maks“ dori vositasidan zaharlangani hamda davolanish uchun poytaxtga yuborilganini maʼlum qildi. Vazirlik matbuot kotibi S. Ziyayev bolalarning ahvoli oʻrtacha yaʼni juda yaxshi ham, juda yomon ham emasligini taʼkidlagan. Zaharlanish holati bemorlarning buyragida kuzatilgan.
Rasman eʼlon qilingan tavsiyalar 2022-yilning 29-dekabr sanasida Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi Onalik va bolalikni muhofaza qilish boshqarmasi boshligʻi Sevara Ubaydullayeva ishtirokida boʻlib oʻtgan brifing davomida „Dok-1 Maks“ dori vositasini qabul qilgan kishilarga maxsus tavsiyalar berib oʻtildi. Unda taʼkidlanishicha, preparatni 10 kun avval qabul qilgan bemorda turli alomatlar yuzaga chiqmasa, bu xavotirli holat boʻlmaydi. „Dok-1 Maks“ va shu kabi boshqa shamollashga qarshi siroplarning bir qancha partiyasida zaharli moddalar borligi aniqlangan. Shundan soʻng bu kabi dori vositalarning savdosiga chek qoʻyilgan, biroq baʼzi dorixonalar keyinchalik ham ushbu dori vositasi savdosi bilan shugʻullanayotgani maʼlum qilingan.
Oʻlim holatlari qayd etilishi „Dok-1 Maks“ dori vositasini doktor retseptisiz isteʼmol qilish ortidan Samarqand (18 ta), Qashqadaryo (1 ta) va Namangan (1ta) hududlarida yosh bolalar oʻlimi holatlari qayd etilganDaryo.uz nashri aniq.uz sayti manbasiga tayanib Toshkent shahrida ham bir nafar bola vafot etganini eʼtirof etadi. Biroq, viloyati hokimligi viloyatda oʻlim holati qayd etilmaganini taʼkidlagan..
Samarqand shahrida joylashgan bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazida 18 nafar bola Hindistonda ishlab chiqarilgan yoʻtalga qarshi siropni qabul qilish ortidan vafot etgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili — ombudsman Aliya Yunusova, bola huquqlarini taʼminlash sektori vakillari hamda prokuratura xodimlari tomonidan ushbu shifoxonada vafot etgan bolalar boʻyicha maxsus oʻrganish oʻtkazildi. Oʻrganish natijasi vafot etgan goʻdaklarning barchasi 6 yoshdan kichik boʻlganligini, ularning 15 nafari 3 yoshdan kichik bolalar ekanini koʻrsatdi. Samarqandda vafot etgan bemorlar Jizzax, Qashqadaryo, Navoiy hamda Samarqand viloyatlaridan boʻlgan.
2022-yilning 29-dekabr sanasida ushbu preparatni qabul qilish oqibatida vafot etgan bolalar soni 20 nafarga yetdi. 2021-yil 14-avgustda Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida tugʻilgan bola siropning nojoʻya taʼsiri oqibatida 27-dekabr sanasida Oʻzbekiston Respublikasi shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-amaliy markazi Qashqadaryo filialiga olib kelingan. Bola koʻrsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan, 28-dekabr kuni vafot etgan.
Vafot etgan bolaning oila aʼzolaridan biri „Daryo.uz“ nashriga voqealar rivoji qanday boʻlganligi haqida gapirib berdi:
O‘tkir respirator kasalliklarga chalingan 43Samarqand (21), Toshkent viloyati (9), Sirdaryo (7), Qoraqalpogʻiston (2), Toshkent shahri (1), Fargʻona (1) Namangan (1), Qashqadaryo (1) kabi hududlardan jami 43 nafar bola zaharlanganligi manbalarda taʼkidlangan. nafar boladan 20 nafari „Dok-1 Maks“ siropini meʼyoridan ancha ortiq miqdor — 2-7 kun davomida, kuniga 3-4 mahal 2,5-5 ml.gacha qabul qilish natijasida vafot etgan.
2022-yilning dekabr oyida „Dok-1 Maks“ dori vositasining import qilingan 3 ta partiyasi (60 mingga yaqin qutilar) preparat ortidan boshlangan voqealar fonida Davlat bojxona qoʻmitasi mas’ullari tomonidan qatʼiy nazorat ostiga olingan.
2023-yilning 10-avgust sanasidagi maʼlumotlarga koʻra vafot etgan bolalar soni 65 nafarni tashkil etgan
Munosabatlar Sogʻliqni saqlash vazirligi Voqea yuzasidan Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi rasmiylari dori vositasi ortidan kelib chiqqan salbiy alomatlarni oʻrganish maqsadida „Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi“ning malakali mutaxassislaridan iborat maxsus ishchi guruh tuzganligi haqida xabar berdi. Xabarda voqea ortida jinoiy alomatlar mavjudligi, 7 nafar mas’ul shaxs ishdan olinganligi, aniqlangan maʼlumotlar esa huquqni muhofaza qilish organlariga yuborilgani taʼkidlangan. Maʼlumotlarga koʻra, dori vositasi shifokor retseptisiz, mustaqil ravishda dorixona sotuvchilari tavsiyasi bilan sotib olingan hamda belgilangan meʼyordan ortiq dozada qabul qilingan. Oʻz SSV vaziri Behzod Musayev Dok-1 Maks dori vositasini qabul qilish ortidan vafot etgan 18 nafar goʻdakning ota-onalari va yaqinlariga hamdardlik videomurojaatini yoʻlladi.
Onalik va bolalikni muhofaza qilish boshqarmasi boshligʻining taʼkidlashicha, vazirlik tomonidan tayinlangan maxsus ishchi guruhi olib borgan oʻrganish natijasi shuni koʻrsatdiki, sirop taʼsirida bolalarda kuzatilgan holat boshlanganiga 2 oydan oshgan. Shifoxona mas’ullarning vaziyat boʻyicha shu kunning oʻzida vazirlikka tezkor maʼlumot taqdim etmagani vaziyatni yanada chigallashtirgan.
Marion Biotech Pvt. Ltd
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) JSST 27-dekabrdan buyon O‘zbekistonda „Dok-1 Maks“ yoʻtal siropini isteʼmol qilish ortidan vafot etgan bolalar oʻlimi yuzasidan hukumat rasmiylari bilan aloqada boʻlib turibdi:
Oʻzbekiston prezidenti 2019-yil fevral oyidan beri Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori lavozimida ishlab kelayotgan Sardor Kariyev 30-dekabr kuni respublika prezidenti oʻtkazgan majlisda oʻz vazifasidan ozod etilgan. Shuningdek, prezident Samarqandda yuz bergan bolalar oʻlimi holatidan xabar topgan. Bu holat yuzasidan soha mutasaddilarini tanqid qilgan:
Hindistonning Oʻzbekistondagi elchisi