Argʻushtak – raqsga moslangan musiqiy usul. Oyoq bilan yer tepib, raqsga tushishni ham Argʻushtak deb bilishgan. Alisher Navoiyning “Mezon ul-avzon” asarida Argʻushtakning koʻchmanchi arablarning hudi – tuyachilar qoʻshigʻi vazni bilan mos boʻlganligi haqida maʼlumot berilgan: Xush ulki, bazmda oylar teparda argʻushtak,
Shah anda tanbura cholib, Navoiy desa qoʻshuq.
(“Badoeʼ ul-vasat”, 328-gʻazal)
Manbalar Turkum:Navoiyshunoslik