Aylanmoq (feʼl) — Alisher Navoiy „Muhokamat ul-lugʻatayn“ asarida alohida taʼkidlagan yuzta feʼlning oʻn sakkizinchisi. Bu feʼlning asli qadimgi turkiy tilda mavjud boʻlib, doira shaklida harakat qil maʼnosini anglatgan „ay-“ feʼliga eski oʻzbek tilida takror maʼnosini ifodalovchi „-la“ va oʻzlik maʼnosini ifodalovchi „-n“ qoʻshimchalari qoʻshib hosil qilingan. Aylanmoq feʼli Navoiy asarlarida turli maʼnolarda qoʻllangan:

1) aylanmoq, buralmoq; yon atrofida yurmoq:Ikki parvonaki, bir shamʼ ustiga aylansalar,

Gah muvofiq, gah muxolif, shak yoʻq oʻlmoq muhtariq.

(„Favoyid ul-kibar“, 310-gʻazal)2) kezmoq; hozir boʻlmoq:To buzugʻ koʻnglum aro zulfung xayoli aylanur,

Ajdahoyedurki, bir vayrona ichra toʻlgʻonur.

(„Favoyid ul-kibar“, 139-gʻazal)3) oʻzgarmoq:…bu adolat avjining toʻlun oyigʻa kamlik yuzlanmasun va bu saltanat burjining xurshidi olamoroyi kamol darajasidin aylanmasun.

(„Majolis un-nafoyis“, 8-majlis)4) qaytmoq, yuz oʻgirmoq:…oʻz aqidalaridin aylanib, faqirning aqidasigʻa keldilar.

(„Xamsat ul-mutahayyirin“, 1-maqolat)5) oʻgirilmoq, burilmoq:Tavajjuh haq subhonahu taologʻa yuzlanmak va ul yon aylanmoqdur va xalqdin taalluq torini uzub, anga ulanmoqdur.

(„Mahbub ul-qulub“, 86-tanbeh)

Manbalar

Turkum:Navoiyshunoslik