Afgʻonistonda ayollar hayoti va ularning huquqlari - doimiy ravishda vaqti vaqti bilan siyosiy tuzum holatiga koʻra oʻzgarib turgan. 1920-yillarda qirol Omonullaxon mamlakatni modernizatsiya qilishga urinishlarni amalga oshirdi. Nihoyat, 1964-yilda qabul qilingan Konstitutsiyaga binoan ayollar rasman tenglikka erishdilar. Biroq, ushbu huquqlarga 1990-yillardagi fuqarolar urushi davrida goh mujohidlar, goh Tolibon kabi turli vaqtinchalik rejimlar qator cheklovlar qoʻydi. Birinchi Tolibon rejimi (1996—2001) davrida ayollar fuqarolik huquqlari nuqtai nazaridan juda kam yoki umuman huquqlarga ega emas edilar. Qoʻshma Shtatlardagi 11-sentyabr hujumlaridan soʻng Tolibon hokimiyatdan chetlashtirilgach, Afgʻoniston Islom Respublikasi davrida ayollar huquqlari asta-sekin yaxshilanib bordi. 2004-yilgi Konstitutsiyaga koʻra ayollar de-jure erkaklar bilan teng huquqli deb e'lon qilingan.

2021-yil avgustida Tolibon Afg‘onistonni qayta egallab olganidan so‘ng ko‘pchilik o‘smir qizlarning o‘rta maktabga borishiga yana to‘siq qo‘yildi. Ayollarning sog‘liqni saqlash, taʼlimdan tashqari ko‘plab sohalarda ishlashi taqiqlandi. Ayollarga jamoat joylarida yuzini toʻsib yurish buyurildi. 70 kilometrdan ortiq masofani yaqin erkak qarindoshisiz (mahram) bosib oʻtish ham taqiqlandi. 2022-yil iyul oyida Tolibonning yashirin yetakchisi Haybatulloh Oxundzoda xalqaro hamjamiyat tomonidan Tolibon inson huquqlarini cheklayotgani haqidagi tanqid va talablarni inobatga olmay, „islomiy boshqaruv tizimi“ boʻyicha har qanday muzokaralarni rad etdi.

Umumiy koʻrinishi left|thumb|Afgʻon ayollari 1927-yil, Omonullaxon islohoti davrida Afgʻoniston Janubiy Osiyoda joylashgan davlat. Mamlakatda taxminan 34 million aholi istiqomat qiladi. Aholining 15 millionini erkaklar, 14.2 millioni esa ayollar. Afgʻoniston aholisining taxminan 22 foizi shaharlarda, 78 foizi esa qishloqlarda yashaydi. Mahalliy anʼanalarga koʻra, koʻpchilik ayollar oʻrta maktabni tugatgach, turmushga chiqadilar. Ayollarning katta qismi umrining oxirigacha uy bekasi boʻlib qoladi.

Tarixi Omonullaxondan oldingi davr left|thumb|202x202px|Ikkinchi ingliz-afg'on urushi paytida suratga olingan afgʻon qizi Durroniylar imperiyasi (1747—1823) va ilk Barakzay sulolasi davrida afgʻon ayollari patriarxal urf-odatlarga binoan yuzlarini parda orqali toʻsib, cheklangan muhitda yashagan. Bu holat butun Afgʻonistonda mavjud boʻlsa-da, urf-odatlar mintaqalar va etnik guruhlar oʻrtasida biroz farq qilgan. Masalan, koʻchmanchi ayollar yuzlarini yashirishlari shart emas edi. Ular uchun hatto sochlarini koʻrsatib yurishga ham taqiq bo‘lmagan.

Ayollar jamiyatda hech qanday muhim ijtimoiy-siyosiy rol oʻynamasa-da, Oysha Durroniy kabi shoira va yozuvchi sifatida tanilgan ayollar bor edi.

Afgʻoniston hukmdorlari, odatda, qabilaviy nikoh qonunlariga koʻra toʻrt nafargacha ayolga rasmiy uylangan, koʻp sonli norasmiy xotinlardan iborat haramga ega boʻlganIsmati, Masoma. (1987), The position and role of Afghan women ·in Afghan society, from the late 18th to the 19th century; Kabul. Qullikdagi haram ayollari kaniz deb atalgan. Kanizlar va ularning bekasi, yaʼni surriyat („xoʻjayin“The History Of Afghanistan Fayż Muḥammad Kātib Hazārah’s Sirāj Al Tawārīkh By R. D. Mcchesney, M. M. Khorrami (trans.,ann.) gʻulom bacha (amaldor)lar tomonidan qoʻriqlangan. Baʼzi ayollar davlat ishlariga qirollik harami ichidan taʼsir oʻtkazganlar. Zargʻona ona, Mirmon Oysha va Babojon kabilarni misol qilib keltirish mumkinIsmati, Masoma. (1987), The position and role of Afghan women ·in Afghan society, from the late 18th to the 19th century; Kabul.

Omonullaxon davri Afgʻonistonning baʼzi hukmdorlari ayollar erkinligi tarafdori boʻlishgan. Ayollar huquqlari bo'yicha amaliy harakatlar ham qilishdi. Xususan, Abdurrahmonxon tomonidan baʼzi kichik miqyosdagi islohotlar amalga oshirildi. U islomdan koʻra qabila urf-odatlaridan kelib chiqadigan baʼzi zulm turlarini, jumladan, bevalarni oʻz qaynilari bilan turmush qurishga majburlash odatini taqiqladi hamda Islom maʼqullagan baʼzi huquqlarni taʼminladi. Masalan, mahalliy qabila urf-odatlarida bevalar meros olish huquqiga ega emas ediKhan, Sarfraz and, Samina, Politics of Policy and Legislation Affecting Women in Afghanistan: One Step Forward Two Steps Back (2013).. Koʻpincha ayollar huquqi uchun urinishlar muvaffaqiyatsiz tugagan. Biroq, vaqtinchalik boʻlsa ham muhim oʻzgarishlar amalga oshirishga qodir boʻlgan bir nechta rahbarlar bo'lgan. Ulardan birinchisi 1919-yildan 1929-yilgacha hukmronlik qilgan shoh Omonulloh edi. Shoh o‘z davrida mamlakatni birlashtirish, modernizatsiya qilishda bir qancha oʻzgarishlarni amalga oshirdi. U patriarxal oilalarning ayollar ustidan nazoratini kamaytirish maqsadida jamoat joylarida ayollar uchun erkinlikni targʻib qildi. Omonulloh ayollarning bilim olishi muhimligini taʼkidladi. Oilalarda qizlarni maktabga yuborishga undash bilan birga, ayollarning yuzini ochishni ham targʻib qildi. Ularni gʻarbiy kiyim uslubini qabul qilishga koʻndirdi. 1921-yilda majburiy nikohni, erta turmushni va kelinlar uchun qalin pulini bekor qiluvchi qonunni joriy qildi. Afgʻoniston mintaqasidagi oilalar orasida keng tarqalgan koʻpxotinlilikka cheklovlar qoʻydi.

Qirolning rafiqasi Surayyo eri bilan birga ayollar bo'yicha ijtimoiy islohotlarni himoya qilishi norozilikka olib keldi. Podshoh Omonullaxonning taxtdan ketishi jiddiy qarshiliklarga sabab boʻldi. Uning vorisi ayollar uchun yuzga parda tutish tartibini tiklashga majbur bo‘ldi. Ayollar huquqlari sohasidagi islohotlarni toʻxtatdi. Ayollar uyushmasi, shuningdek, ayollar jurnali taqiqlandi, qizlar maktablari yopildi, Turkiyada oʻqishga ruxsat berilgan talaba qizlar Afgʻonistonga chaqirildi, ayollar roʻmol oʻrashga va yuziga parda tortishga majbur qilindi. Erkaklar uchun koʻpxotinlilik qayta joriy etildiEmadi, Hafizullah, Repression, resistance, and women in Afghanistan, Praeger, Westport, Conn., 2002.

Muhammad Zohir Shoh davri thumb|1950-yillarda Kobuldagi afgʻon ayollari avtobusga chiqishi Vorislar Muhammad Nodirshoh va Muhammad Zohirshoh bu masalada ehtiyotkorroq harakat qilishdi. Ayollar huquqlarini moʻtadil va barqaror ravishda yaxshilash uchun islohotlar amalga oshirishdi. 1931-yilda Kobuldagi Masturat ayollar kasalxonasida ayollarning dars olishiga ruxsat berildi. Baʼzi qizlar maktablari qayta ochildi. Qizlar uchun birinchi oʻrta maktabga qarshi har qanday noroziliklarning oldini olish uchun rasman „Hamshiralik maktabi“ deb qayta nomlangan. Ayollar yana omma oldida ro‘mol o‘rashga majbur qilingan bir paytda Afg‘onistonning yuqori tabaqa vakillari orasida ayollarning yuzini ochishi yakka tartibda qabul qilingan. Yuqori tabaqa ayollari chet elda roʻmoldan foydalanmaganlari uchun Afgʻonistonga qaytganlarida Kobul xalqaro aeroporti xizmatchilari ularga chodra (roʻmol) yetkazib berishgani qayd etilgan.

Ikkinchi Jahon urushidan keyin hukumat modernizatsion islohotlar zarur deb hisobladi. Bu esa davlatda ayollar harakatining qayta jonlanishiga olib keldi. 1946-yilda hukumat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan Ayollar farovonligi uyushmasi (WWA) qirolicha Humayra Begim homiyligida tashkil etildi. Uyushma qizlar uchun maktab darslari va ayollarga kasbiy darslar tashkil qilar ediRobin Morgan: Sisterhood is Global: The International Womenʼs Movement Anthology. 1950-yildan 1951-yilgacha Kobul universitetiga talabalar qabul qilindiJulie Billaud: Kabul Carnival: Gender Politics in Postwar Afghanistan.

1953-yilda Muhammad Dovudxon Bosh vazir etib saylanganidan soʻng ayollarga koʻproq jamoatchilik ishtirokini taʼminlaydigan ijtimoiy islohotlar ragʻbatlantirildi. Dovudxonning maqsadlaridan biri ayollarga ikkinchi darajali fuqaro sifatida munosabatda boʻlgan oʻta konservativ, islomiy anʼanalardan xalos boʻlish edi. Oʻz davrida modernizatsiya yoʻlida sezilarli yutuqlarga erishdi.

Bosh vazir ayollarni ozod qilishni ehtiyotkorlik bilan tayyorlab bordi. 1957-yilda Kobul radiosida ishchi ayollarni tanishtirish va Qohiradagi Osiyo ayollar konferensiyasiga ayollar delegatlarini yuborish, qirq nafar qizni hukumat kulolchilik zavodiga, ayollarni davlat telekommunikatsiyalar agentligida qabulxonaga va telefon operatorligiga, 1958-yilda esa Aryana Airlines aviakompaniyasiga styuardessa sifatida ishga joylashtirdi.

Ushbu islohotlar gʻalayonlarsiz kutib olingach, hukumat juda ziddiyatli qadamni tashlash vaqti keldi deb hisobladiTamim Ansary (2012) Games without Rules: The Often-Interrupted History of Afghanistan. 1959-yilda ishlayotgan ayollar, masalan, radio diktorlari, ish joylariga yuzini parda bilan yopib emas, aksincha, palto, sharf va shunga oʻxshash gʻarbcha uslubdagi kiyimda kelishlari talab qilingan. Shu tariqa Kobul koʻchalarida roʻmolsiz ayollar koʻrinish bera boshlagan. 1959-yil avgust oyida, Jeshin festivalining ikkinchi kunida Qirolicha Humayra Begim va malika Bilqis bosh vazirning rafiqasi Zamina Begim bilan birga harbiy paradda ishtirok etdi. Bir guruh islomiy ulamolar bosh vazirga norozilik maktubi yo‘llab, shariat qoidalariga amal qilishni talab qilishdi. Bosh vazir ularni poytaxtga taklif qildi va islom dini muqaddas kitobi, ya'ni Qur'onda haqiqatan ham burqa (yopinishni) talab qilinganiga dalil so'radi. Din arboblari bunday dalil topa olmagach, bosh vazir qirollik oilasining ayol aʼzolari bundan buyon ro‘mol o'ramasliklarini, chunki islom shariati buni talab qilmaganini eʼlon qildi. Chodra hech qachon taʼqiqlanmagan boʻlsa-da, qirolicha va Bosh vazirning rafiqasiga hukumat amaldorlarining xotinlari va qizlari, shuningdek, Kubra Nurzay va Masuma Esmati-Vardak bilan birga yuqori va oʻrta sinfdagi boshqa shahar ayollari ham ergashdi.

Afgʻonistonning 1964-yilgi Konstitutsiyasi ayollarga teng huquqlar, jumladan saylovda qatnashish huquqini berdi. Shaharlarda ayollar ro'mol o'ramasliklari, davlat lavozimlarida xizmat qilishlari, olim, oʻqituvchi, shifokor va davlat xizmatchisi sifatida ishlashlari mumkin edi. Afgʻonistonda 1960-yillarda birinchi ayol vazirlar boʻlgan. Jamila Faruq Rushna Afgʻonistondagi birinchi ayol sudya boʻlgan (1969). Ayollar ommaviy axborot vositalari va koʻngilochar sohalarda ham ishlay boshladilar. Ruxshona 1960-yillarda mashhur boʻlgan birinchi afgʻon estrada xonandalaridan biri, Safiya Tarzi esa birinchi afgʻon modelyeri sifatida xalqqa tanilgan. thumb|1970-yillarda Kobul tibbiyot fakulteti Biroq, Ayollar farovonligi uyushmasi (WWA) saʼy-harakatlariga qaramay, ayollarning aksariyati bu imkoniyatlardan chetda qolishda davom etdi. Chunki islohotlar shaharlardan tashqariga taʼsir koʻrsata oladigan darajada jadal ketmayotgandi va asosan shahar elitasi ayollariga tegishli ediChildren of Afghanistan: The Path to Peace by Jennifer Heath, Ashraf Zahedi. Qishloqlar aholisi patriarxal, qabilaviy jamiyat boʻlib, qishloq ayollarining hayotiga shaharlarda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlar taʼsir qilmagan.

1977-yilda Mina Keshvar Kamol Afgʻoniston ayollari inqilobiy assotsiatsiyasini (RAWA) tashkil etgan. RAWA hozir ham Afgʻoniston-Pokiston mintaqasida faoliyat yuritadi.

Kommunistik davr Muhammad Dovudxon hukumatini agʻdargan Savr inqilobidan keyin Afg'oniston Demokratik Respublikasi (1978-1987) va Afgʻoniston Respublikasi (1987-1992) davrida feministik islohotlar orqali misli koʻrilmagan natijalarga erishish koʻzlanilgandi. Kommunistik mafkura gender tengligi va ayollar huquqlarini rasman yoqlab chiqdi va kommunistik hukumat buni Afgʻonistonning shahar va qishloqlarida barcha sinflarda amalga oshirishga harakat qildi, ammo muvaffaqiyatga erishilmadi.