Brayan Xosu Kortes Fernandes ( ; 1995-yil 11-mart, Ikike ) - chililik futbolchi, Kolo-Kolo klubi va Chili terma jamoasi darvozaboni.
Xalqaro karyerasi 2013-yil boshida Kortes Chili yoshlar terma jamoasi safida Argentinada boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ishtirok etdi. Turnirda u Paragvay jamoasiga qarshi oʻyinda maydonga tushdi va uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Oʻsha yilning yozida Kortes Turkiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnir davomida u zaxira darvozaboni boʻldi va biror marta ham maydonga tushmadi.
2015-yil boshida Kortes Urugvayda oʻtkazilgan Janubiy Amerika yoshlar chempionatida ikkinchi bor ishtirok etdi. Turnirda u zaxira darvozabon vazifasini oʻtadi va bir daqiqa ham maydonga tushmadi.
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Chililik erkak futbolchilar Turkum:Erkak futbol darvozabonlari
Turkum:Copa América 2019 oʻyinchilari Turkum:Copa América 2024 oʻyinchilari